Sayt test rejimida ishlamoqda

Ahmedova Ma’rifatAbdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tafakkur taraqqiyoti tarixida XIX asr Xorazm mutafakkirlari ijtimoiy-axloqiy qarashlari», 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal160.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa(muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Otamurotov Sa’dulla Otamurotovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulchehra Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asrda Xorazmda yashab ijod etgan mutafakkirlar ilmiy-ma’naviy  merosining milliy tiklanishda va yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy-ma’rifiy va  ijtimoiy-axloqiy  o‘rnini  asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr Xorazm mutafakkirlari asarlarida ilgari surilgan odamiylik, mehr-muruvvat, sahovat, ijtimoiy yordam singari gumanistik g‘oyalarining konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyati ma’naviy-tarbiyaviy jarayonlarning kuchayishiga sabab bo‘lganligi mantiqiy asoslab berilgan;
jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyat deformatsiyasi (qadrsizlanishi)ni bartaraf qilishda XIX asr Xorazm mutafakkirlarining diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, madaniyatlararo muloqot kabi sekulyaristik g‘oyalaridan foydalanish zarurligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
XIX asr Xorazm mutafakkirlarining axloqiy-estetik, diniy-tasavvufiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-didaktik qarashlari zamonaviy axloqiy tarbiyani shakllantirishda muhim omil ekanligi falsafaning atributiv kategoriyalari vositasida dalillangan;
XIX asr Xorazm mutafakkirlarining ma’naviy merosidagi xurfikrlilik, diniy-ma’rifiy, madaniyatlararo muloqot integratsiyasi kabi konsepsiyalari milliy va diniy mansublikka qarab emas, balki barcha xalqlarga nisbatan diniy va madaniy tolerantlikka asoslanganligi isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XIX asr Xorazm mutafakkirlari ijtimoiy-axloqiy qarashlari haqidagi ta’limotning ilmiy-falsafiy asoslarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mutafakkirlarning  odamiylik, jamiyatni insonparvarlashtirish, beva-bechora va muhtojlarga yordam to‘g‘risidagi fikrlari yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan  e’tiborni kuchaytirishga va ularni bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish xususdagi takliflardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashining 2018 yilga mo‘ljallangan ish rejasining qator bandlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2018 yil 19 apreldagi 04-13/2140-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida, yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga hamda bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir  ko‘rsatuvchi  destruktiv (buzg‘unchi) omillarni bartaraf qilishda Xorazm mutafakkirlarining sekulyaristik g‘oyalaridan foydalanish zarurligi ilmiy asoslangan fikr mulohazalari va taklif-tavsiyalaridan Xorazm viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar majmuasining 2019 yil ish rejasining 1-bo‘limi 7-bandi va 2-bo‘limi 16-bandlarida foydalanilgan shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimi mahkamasi 2019 yil 25 yanvardagi 4-343-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi o‘sib kelayotgan barkamol avlodning ma’naviy-axloqiy qarashlarining yuksalishiga va ichki turizmning rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish