Rustamov Ilxom Tursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik janr matnlarning pragmatik kognitiv va milliy madaniy mohiyati (O‘zbek va ingliz latifalari misolida)”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil.604.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori; Odilov Yorqin Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik janr namunasi bo‘lgan latifa matnlarining lisoniy tarkibi, pragmatik mazmunini aniqlash hamda ularning kognitiv faoliyat va til tizimi munosabati negizida shakllanadigan lingvistik va milliy-madaniy mohiyatini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
latifa matnlarining boshqa nutqiy tuzilmalardan leksik-grammatik va stilistik farqli jihatlari ko‘rsatilib, ularning matn hosil qiluvchi lingvistik maqomi ko‘rsatilgan;
nutqiy faoliyatning inson ijtimoiy faoliyatining ajralmas qismi ekanligi isbotlanib, diskursiv birliklarni yaratuvchi leksik-semantik, grammatik va boshqa milliy-madaniy xususiyatlari bilan bog‘liq lisoniy, ijtimoiy-madaniy hayotga oid nolisoniy omillar guruhlari aniqlangan;
yumoristik va satirik mazmunga ega bo‘lgan latifa matnlarini kognitiv qoliplashtirish usuli shakllantirilgan va ushbu usulning amaliy tatbiqi asosida nutqiy ijodkorlik jarayonining rivojlanish bosqichlari tasniflangan;
nutqiy muloqot maqsadini lisoniy voqelantiruvchi omillar qatori aniqlanib, o‘rganilayotgan matnlar mazmunining pragmatik uzvlari – emotsionallik, baholash, intensivlik, obrazlilik ajratilgan;
hazil, kulgi, kinoya, istehzo, ta’na kabi pragmatik maqsadga ega nutqiy faoliyat ko‘rinishlarining o‘zbek va ingliz millati vakillari nutqida ifoda topishining turlar bo‘yicha hamda kompozisiya jihatidan shaklan o‘xshash va farqli tomonlari asoslangan;
latifalarga xos pragmatik belgilarning chog‘ishtirilayotgan tillarda muayyan kognitiv mexanizmlar asosida voqelanishi isbotlangan va ushbu qonuniyatlarning faollashuvi ma’lum turdagi matnlar yaratilishiga turtki berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va ingliz tillaridagi xalq latifalari matnlarining lisoniy-madaniy hamda kommunikativ-kognitiv xususiyatlarining tadqiqi jarayonida olingan xulosalar asosida:
Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi muammosi doirasida matn va uning kichik janrga oid tadqiqi bo‘yicha olingan natijalardan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-278-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari kichik janr matnlarining lisoniy va ekstralingvistik tipologiyasi, xususan, o‘zbek va boshqa xalqlar lingvomadaniyatlaridagi latifaga oid matnlar Sharqu G‘arb adabiy an’analari tarixini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan;
so‘z o‘yini matnning ma’lum qismlari ahamiyatini kuchaytirish, ma’nodorligini oshirish, matnning milliy-madaniy ko‘rsatkichlari ifodaviylik kasb etish uchun xizmat qilishi yuzasidan olingan xulosalardan “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi OT-F8-002 raqamli fundamental loyihada quyidagi natijalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-278-son ma’lumotnomasi). Loyixada xalq latifalari matnlarining umumlingvistik tabiatini yoritish va ularning milliy-madaniy ko‘rsatkichlari, alohida tillar uchun xos bo‘lgan jihatlarini aniqlash imkonini bergan;
latifa janri komiklikni hosil qiluvchi eng asosiy usullardan biri ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlanib efirga uzatilgan “Tilga e’tibor” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 12 fevraldagi 02-13-2198-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tafakkuri latifa, askiya, hazil kabi og‘zaki nutq va yozma matnlarda aks etishi bilan bir qatorda, komediya, yumor kabi janrlarda ham o‘z ifodasini topgan hamda ko‘rsatuv mundarijasini boyitgan;
ingliz va o‘zbek madaniyatlarida iste’molda bo‘lgan latifalar estetik, lisoniy va psixologik xususiyatlarga ega bo‘lishiga oid xulosalardan “Sharq mumtoz adabiyotida komil inson konsepsiyasi” 5.1.17 mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-278-son ma’lumotnomasi). Natijada, mumtoz so‘z san’ati va fol`kloridagi latifa namunalari komil inson konsepsiyasi tarixini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish