Sayt test rejimida ishlamoqda

Xolmatov Normahammad Urozovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sazog‘on madaniyati va uning O‘zbekiston neolit davrida tutgan o‘rni», 07.00.06–  Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tar61.
Ilmiy rahbar: Djurakulov Mavlon Djurakulovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Arxeologik tadqiqotlar instituti, DSc.27.06.2017.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Suleymanov Rustam Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Matboboev Boqijon Xoshimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Nukus davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston miqyosida yaxlit, umumlashgan tizimda neolit jamoalari moddiy madaniyatini tadqiqot ob’ekti sifatida tahlil etish, shu o‘rinda O‘zbekiston neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tizimida Sazog‘on madaniyatining o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘rida aniqlangan 30 ga yaqin ochiq va g‘or-o‘ngur tipidagi tosh davri yodgorliklari asosida mazkur hududning arxeologik xaritasi yaratilgan;
O‘rta va Quyi Zarafshon vohasida o‘rganilgan Chorbaqti 11,23, 27,41, Sazog‘on 1, Zamichatosh, Qorakamar, Ochilg‘or makoni pastki madaniy qatlamidan topilgan tosh qurollarga tipologik yondashuv asnosida voha tosh davri taraqqiyoti bosqichlari tizimida mezolit tarixiy davr sifatida mavjud bo‘lganligi asoslangan;
O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘ri yangi kashf etilgan paleolit (Olmabuloq makoni), mezolit (Qorakamar, Zamichatosh, Ochilg‘or makoni pastki madaniy gorizonti) va neolit (Jangal 1, Tepaqul 3,4,5, Lolab, Ochilg‘or yuqori madaniy gorizonti, Ohalik) yodgorliklari asosida mazkur hudud tosh davrida o‘ziga xos «mikro madaniy voha» bo‘lganligi isbotlangan;
O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi yon bag‘rida aniqlangan 10 ga yaqin neolit yodgorliklari tosh industriyasi uchirindi-payraqali ekanligi, payraqali qismida mikropayraqalar salmog‘ining yuqoriligi, qayroqtoshli element kuzatilishi hamda tosh qurollarida tog‘ mintaqasi mezolit-neolit davri yodgorliklari tosh industriyasiga xos xususiyatlarning mavjudligiga asoslanib, Sazog‘on madaniyatining Markaziy Osiyo neolit madaniyatlari tizimida mustaqil madaniyat ekanligi isbotlangan;
Samarqand so‘nggi paleolit yodgorligi tosh industriyasiga xos bo‘lgan disksimon, yonlama ishlov berilgan tosh o‘zaklari, mikrochopperlar, tik, “burunchali” ish maydoniga ega bo‘lgan qirg‘ichlar, “tirnoqsimon” mikroqirg‘ichlar, disksimon, o‘zaksimon ko‘rinishli qirg‘ichlar, qovurg‘asimon payraqalar, arxaik ko‘rinishdagi payraqa qurollari, randasimon, ponasimon qurollar kabi tosh qurollarning O‘rta va Quyi Zarafshon vohasi hamda Qizilqum mezolit, neolit yodgorliklarining tosh industriyasida uchratilishiga asoslanib, ularning, xususan, Sazog‘on neolit madaniyatining avtoxton tarzda shakllanganligi isbotlangan;
Sazog‘on jamoalarining qo‘shni Kaltaminor jamoalari bilan payraqadan yasalgan tosh qurollarining shakli, ishlov berilish usullari, sopol idishlari shakli va bezaklari, hamda zeb-ziynatlari o‘xshashligi, Hisor jamoalari bilan tosh industriyasida tog‘ mintaqasiga xos qurollar, qayroqtoshli elementi, Markaziy Farg‘ona jamoalari bilan tosh industriyasida mikropayraqalar salmog‘i yuqoriligi hamda past tekislik mintaqasiga xos geometrik mikrolitlarning deyarli uchramasligi asosida Sazog‘on, Kaltaminor, Hisor va Markaziy Farg‘ona jamoalari o‘zaro madaniy aloqada bo‘lishganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sazog‘on madaniyati va uning O‘zbekiston neolitida tutgan o‘rni ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Zarafshon vohasining yaqin yillargacha noma’lum bo‘lib kelgan mezolit davrining aniqlanishi va voha mezolit davri jamolari moddiy madaniyati shakllanishi va rivojlanishi ildizlari Samarqand so‘nggi paleolit makoni madaniyati bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi xulosasidan Arxeologik tadqiqotlar institutida bajarilgan F1-FA-0-76486 raqamli “Markaziy Osiyoda o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolit davriga o‘tish va ilk zamonaviy odamning paydo bo‘lishi muammolari  mavzuidagi davlat grantida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 25 iyundagi 3/1255-1773-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu xulosa dissertatsiyaning Chorbaqti, Sazog‘on  1, Qorakamar, Zamichatosh, Ochilg‘or makoni pastki madaniy qatlami materiallari asosida ilmiy asoslab berilgan. Bu ilmiy natijalar va xulosalarning qo‘llanilishi voha mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini yoritishga, davrning ayrim muhim nazariy muammolarining echimi sifatida xizmat qilgan.
Zarafshon vohasida so‘nggi paleolitdan tadrijiy tarzda mezolit davriga o‘tilganligi va shu asosda Sazog‘on madaniyati genezisi avtoxton tarzda ekanligi to‘g‘risidagi xulosasidan Arxeologik tadqiqotlar institutida bajarilgan F1-FA-0-76486 raqamli “Markaziy Osiyoda o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolit davriga o‘tish va ilk zamonaviy odamning paydo bo‘lishi muammolari mavzuidagi davlat grantida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 25 iyundagi 3/1255-1773-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natija va xulosalarda Sazog‘on madaniyati genezisining avtoxtonligi dissertatsiyaning Sazog‘on 1,2, Qorakamar, Jangal 1, Tepaqul 3,4, Ochilg‘or makoni tosh industriyasining o‘ziga xoslik, ya’ni so‘nggi paleolit (Samarqand makoni), mezolit davri (Chorbakti, Sazog‘on 1, Qorakamar, Zamichatosh, Ochilg‘or makoni pastki madaniy qatlami) tosh qurollari-disksimon tosh o‘zaklari, mikrochopperlar, tik, “burunchali” ish maydoniga ega bo‘lgan qirg‘ichlar, “tirnoqsimon” mikroqirg‘ichlar, disksimon, o‘zaksimon ko‘rinishli qirg‘ichlar, qovurg‘asimon payraqalar, arxaik ko‘rinishdagi payraqa qurollari, randasimon, ponasimon qurollar evolyusiyasi kuzatilishi asosida ilmiy asoslab berilgan;
Sazog‘on madaniyatiga oid yangi ilmiy xulosalar, chizma va fotosuratlar asosida O‘rta Zarafshon vohasi neoliti davri moddiy madaniyatini aks ettiruvchi buklet va flaerlar tayyorlandi (Madaniyat vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 01-12-10-3307-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy natijalari aks etgan ushbu buklet va flaerlar xorijiy va mahalliy sayyohlarga  Sazag‘on madaniyati va O‘zbekiston hududlarida neolit davri, uning ahamiyati haqidagi yangi ma’lumotlarni olishlarida xizmat qilmoqda;
Qorakamar, Jangal 1, Tepaqul 3-4, Ochilg‘or makoni, Sazog‘on 1-2 arxeologik yodgorliklarida olib borilgan qazishmalar chog‘ida aniqlangan arxeologik ashyolar, jumladan tosh qurollar, xususan, tosh o‘zaklari, qirg‘ich, keskich, teshgich hamda sopollar Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining «O‘zbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida» ekspozisiyasiga  kiritilgan (Madaniyat vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 01-12-10-3307-son ma’lumotnomasi). Muzey eksponatlari orasidan joy olgan ashyolar Sazog‘on madaniyati tarixi, qadimgi aholining moddiy madaniyati, turmush tarzi, iqtisodiy xo‘jalik asoslari hamda uning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarning yangi ma’lumotlar bilan ta’minlanishida xizmat qilmoqda;
O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘rida aniqlangan 30 ga yaqin ochiq va g‘or-ungur tipidagi tosh davri yodgorliklariga oid yangi ma’lumotlar Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish Bosh boshqarmasinining Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha Davlat inspeksiyasi amaliyotida foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 01-12-10-3308-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar arxeologik ob’ektlarni xaritasi va katalogini yaratish hamda arxeologik yodgorliklarni saqlash, muhofaza qilish va ularning monitoringini olib borishda keng qo‘llanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish