Rashidova Feruza Shomuxammedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishida xorijiy sarmoyalar (tarixiy yondashuv)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar32.
Ilmiy rahbar: Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSs.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Shavkatjon Muxammadalievich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bilan bog‘liq masalalarni tarixiy yondashuvlar asosida ochib berishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikka qadar respublika iqtisodiyotida xorij sarmoyasining ulushi deyarli mavjud bo‘lmaganligi, shu bilan birga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga etarlicha e’tibor berilmaganligi milliy mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki yillarda iqtisodiyot mazkur sektorida ma’lum muddat turg‘unlik holatining saqlanib turishi bilan izohlanashi tarixiy ma’lumotlar asosida ochib berilgan;
respublikada siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlikning mavjudligi milliy iqtisodiyotning jadal sur’atlarda rivojlanishining muhim omili bo‘lib xizmat qilganligi, O‘zbekistonning Butunjahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo banki bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishi o‘zaro hurmat tamoyiliga asoslanganligi hamda qo‘yilgan vazifalarni birgalikda hal qilish imkonini berganligi aniqlangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik huquqiy asoslarining shakllanishi tarixini tadqiq etish jarayonida ayrim salbiy omillar, xususan, mavjud resurslardan oqilona foydalanilmaganligi hamda bu holat xususiy mulkdorlar institutining etarli darajada himoya qilinmaganligi bilan ham bog‘liq bo‘lib, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy jihatdan etarlicha himoya qilinmaganligi yoritilgan;
mamlakatning dunyoning bir qator iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalarida xorijiy sarmoyalarning o‘rni va roli ortib borishi jarayonida xorij kapitalining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilinishi aholi bandligini ta’minlash va mamlakatda o‘rta qatlamning shakllanishiga hissa qo‘shganligi orqali isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishida xorijiy sarmoyalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy hayotdagi roli uning qishloq joylarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashishi bo‘yicha tayyorlangan tarixiy ma’lumotlardan F1-FA-0-73578 FA-F1-G029 raqamli «Qishloq joylarida mehnat resurslaridan unumli foydalanish va aholi bandligini oshirishning konseptual yo‘nalishlari» mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 martdagi 89-03-1163-son ma’lumotnomasi). Natija aholi bandligini oshirish, qishloq joylarida yangi ish o‘rinlarini tashkil etishning zaruriy istiqbollari sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka e’tibor qaratish hamda xorij sarmoyasini qishloq joylariga ham keng targ‘ib qilish zaruriyatini tushuntirib berishga xizmat qilgan;
iqtisodiyotning tadqiq etilayotgan sohasiga jalb etilgan xorijiy sarmoyalar tarixi, mamlakat aholisi turmush darajasini oshirishda xorijiy sarmoyalarning ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida «o‘rta qatlam» rolini oshirish va aholi bandligi muammolarini hal qilishda kichik va o‘rta korxonalarning roli bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining xabarlar informatsion radioeshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 23 yanvardagi 09-01/21-son ma’lumotnomasi). Bu mazkur sohaning shahar va qishloq joylarida rivojlantirish istiqbollarini aholi keng qatlamiga tushuntirishda qo‘shimcha ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishida tutgan o‘rni, xususan tadbirkorlar orasida raqobat muhitini rivojlantirishga beradigan ko‘magi, yangi ish o‘rinlarini ochishdagi roli, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishning ahamiyati bilan bog‘liq xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir chora-tadbirlar Dasturi» doirasida, shuningdek, O‘zbekistonning 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan «O‘zbekiston yuksalishning yangi bosqichida» nomli turkum risolalar, chiqishlar va muhokamalar o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 17 dekabrdagi 02/015-1295-18-son ma’lumotnomasi). Ular, o‘z navbatida, Vatanimiz tarixini o‘rganayotganlar uchun yangi bilimlar manbai bo‘lib xizmat qilgan.