Nazarov Nasriddin Ataqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyo polietnik sotsiumida millatlararo munosabatlar takomillashuvining falsafiy-funksional tadqiqi», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari.).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Fal30.
Ilmiy maslahatchi: Xonazarov Qo‘chqor Xonazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Odil Rahmatovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo polietnik sotsiumida millatlararo munosabatlar takomillashuvining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Harakatlar strategiyasi» dasturiy vazifalari doirasida Markaziy Osiyo xalqlari orasida millatlararo totuvlik, barqaror taraqqiyot, ahil qo‘shnichilik, xalq diplomatiyasi, madaniyatlararo muloqot hamda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan faoliyatni targ‘ib etish muhimligi ilmiy asoslangan;
milliy munosabatlar tizimida shaxsiy o‘zlikni anglashdan milliy o‘zlikni anglash orqali umuminsoniy o‘zlikni anglash sari rivojlanish evolyusiyasi va uning millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga pozitiv ta’siri ochib berilgan;
«Beshta muhim tashabbus» konsepsiyasi doirasida millatlararo munosabatlar sub’ekti bo‘lgan yoshlarni madaniyat, san’at va sport sohalariga keng jalb etish Markaziy Osiyo mintaqasida milliy totuvlikni ta’minlashda muhim omil ekanligi asoslab berilgan;
«millat» tushunchasi umumjamiyat g‘oyasiga ega bo‘lib, muayyan davlat tarkibiga birlashgan etnoslar hosilasi ekanligi, «millatlararo munosabatlar» shaxs va millatlar bilan bir qatorda davlatlararo munosabatlarni ham o‘zida mujassam etishi, «etnos» til, jamoaviy kod (urf-odat, an’ana, milliy o‘zlikni anglash, hudud), mental` xususiyatlar (tafakkurdagi o‘zlikni anglashi, tarixiy ong, umumiy ruhiyat) yadrosini mujassamlashtirgan kishilar guruhi ekanligi bilan boyitilgan;
millatning shakllanish jarayoni va taraqqiyot bosqichlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos «etnos-imperiya-millat-milliy taraqqiyot» tizimi ishlab chiqilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo hamjihatlikni ta’minlashda O‘zbekiston tashabbuslarining pozitiv natijalari mamlakatning xalqaro imijini belgilaydigan asosiy omillardan biri ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyo polietnik sotsiumida millatlararo munosabatlar takomillashuvining falsafiy-funksional tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Harakatlar strategiyasi» dasturiy vazifalari doirasida Markaziy Osiyo xalqlari orasida millatlararo totuvlik, barqaror taraqqiyot, ahil qo‘shnichilik, xalq diplomatiyasi, madaniyatlararo muloqot hamda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan faoliyatni targ‘ib etish muhimligiga doir taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirishda, respublikada istiqomat qilayotgan millat va elatlar orasida do‘stlik muhitini yuksaltirishda, Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida o‘zaro yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona hamkorlik jarayonlarini yuqori bosqichga ko‘tarishda qo‘llanilgan (Respublika Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2018 yil 3 maydagi 01-09-699-son ma’lumotnomasi). Bular jamiyatda milliy totuvlikni ta’minlash borasida «Harakatlar strategiyasi»da belgilangan vazifalar ijrosida ijobiy rol` o‘ynagan;
milliy munosabatlar tizimida shaxsiy o‘zlikni anglashdan milliy o‘zlikni anglash orqali umuminsoniy o‘zlikni anglash sari rivojlanish evolyusiyasi va uning millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga pozitiv ta’siriga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» va «Milliy o‘zlik» jamoatchilik so‘rovlarini o‘tkazishda tayyorlangan dastur va so‘rovnomalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 30 apreldagi 01-16/156-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikada milliy hamjihatlikni ta’minlash va milliy o‘zlikning empirik jihatlarini o‘rganishda nazariy-metodologik tadqiqotlarga tayanish imkonini berib, konseptual qarashlar va empirik jarayonlar uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan;
«Beshta muhim tashabbus» konsepsiyasi doirasida millatlararo munosabatlar sub’ekti bo‘lgan yoshlarni madaniyat, san’at va sport sohalariga keng jalb etish, ular orasida adolat mezonini qaror toptirish bo‘yicha xulosalar «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi faoliyatidagi targ‘ibot ishlarini yanada optimallashtirishda foydalanilgan (Respublika «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 2018 yil 1 maydagi 01-03/234 son ma’lumotnomasi). Bu borada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar maqsadli dasturlar vositasida jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga, milliy totuvlik, tinchlik va taraqqiyotni yanada mustahkamlashga, targ‘ibiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
millat, millatlararo munosabatlar, fuqarolarning milliy o‘zligini anglash evolyusiyasi, etnos tushunchalariga oid mualliflik ta’riflaridan «Sotsiologiya» darsligining «Sotsial guruhlar», «Jamiyatning sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar», «Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi» mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (274-011-son guvohnoma, Oliy va va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyundagi 89-03-2490-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2019 yil 12 iyundagi 16-1/240-son ma’lumotnomasi). Natijada millat, millatlararo munosabatlar, fuqarolarning milliy o‘zligini anglash evolyusiyasi, etnos tushunchalariga oid mualliflik ta’riflarini tushinishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo hamjihatlikni ta’minlashda O‘zbekiston tashabbuslarining pozitiv natijalari mamlakatning xalqaro imidjini belgilaydigan asosiy omillardan biri ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyalardan Tojikiston o‘zbeklar jamiyati faoliyatida (Tojikiston o‘zbeklar jamiyatining 2018 yil 23 apreldagi 21-son ma’lumotnomasi), etnoslar orasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirishda, jumladan o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan faoliyatlarni targ‘ib etish masalalarida foydalanilgan. Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi ko‘p millatli Markaziy Osiyo jamiyatida millatlararo munosabatlar takomillashuviga, shuningdek, milliy totuvlik va hamjihatlikka asoslangan manfaatli hamkorlik rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.