Sayt test rejimida ishlamoqda

Muminova Zarifa Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson ma’naviy borlig‘iga sinergetik yondashuv», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya, mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal69.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Shermuxammedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Salomova Xakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson ma’naviy borlig‘ini murakkab fenomen sifatida sinergetik mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkab sotsial vaziyatlar insonning o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlaridan foydalanish orqali ijodiy ruh va salohiyatini namoyon qilish va o‘zini yangi, rivojlangan bosqichga olib chiqishi uchun turtki bo‘lish xususiyati mantiqiy-gnoseologik jihatdan asoslab berilgan;
erkinlik va individuallik me’yoridan oshganida insonning o‘zligidan, o‘z mohiyatidan begonalashishi hamda o‘zining ichki mohiyatini inkor etishiga olib kelishi ochib berilgan;
oila mikromuhitidagi bifurkatsiya holati, ya’ni beqaror vaziyatning farzand tarbiyasiga salbiy ta’sirini makromuhit sharoitida attraktor tamoyili asosida bartaraf etish mumkinligi isbotlab berilgan;
inson ruhiy olamidagi xaos (tartibsizlik va stresslar) shaxsda narkomaniya va alkogolizm singari inson jismoniy strukturasini emiruvchi illatlarni keltirib chiqarish sabablari (sinergetikadagi xaos va tartibning bir-biriga o‘tishi qoidasi vositasida) asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Inson ma’naviy borlig‘iga sinergetik yondashuv asosida ishlab chiqilgan takliflar  asosida:
sinergetikadagi xaos va tartibning bir-biriga o‘tishi qoidasi vositasida asoslab berilgan inson ruhiy olamidagi xaos shaxsda narkomaniya va alkogolizm singari inson jismoniy strukturasini emiruvchi illatlarni keltirib chiqarish sabablari haqidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining 2017 yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 26 yanvardagi 8-7-8/120-son ma’lumotnomasi). Bu o‘smirlarda huquqiy madaniyatning oshishiga va ular  orasidagi jinoyatlar sonining kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
oila mikromuhitidagi bifurkatsiya holati, ya’ni beqaror vaziyatning farzand tarbiyasiga salbiy ta’sirini makromuhit sharoitida attraktor tamoyili asosida bartaraf etish mumkinligi haqidagi xulosalardan Samarqand viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2018 yil 22 noyabrdagi 03/1487-18-son ma’lumotnomasi). Bu oila va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikning kuchayishiga samarali xizmat qilgan;
erkinlik va individuallik me’yoridan oshganida insonning o‘zligidan, o‘z mohiyatidan begonalashishi hamda o‘zining ichki mohiyatini inkor etishiga olib kelishiga oid amaliy takliflaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashining 2018 yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasi asosida o‘tkazilgan yoshlarning o‘z-o‘zini anglashi – milliy o‘zlikni anglashining asosi, inson mohiyatini inkor etuvchi turli submadaniyatlarga nisbatan oqilona nuqtai nazar va munosabatni shakllantirish masalalaridagi trening va chiqishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2018 yil 22 noyabrdagi 04-13/6076-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlar va o‘smirlar orasida submadaniyat elementlari yoyilishining oldini olishga samarali ta’sir o‘tkazgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish