Maxkamov Qodirjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi:) «O‘zbekistonda o‘quvchilar tarixiy ongining yangilanishi va rivojlanishi (sotsiologik tahlil)», 22.00.03–Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Sots14.
Ilmiy rahbar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Dsc.29.12.2018.S.23.04.
Rasmiy opponentlar: Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori; Mavlanov O‘ktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchilar tarixiy ongining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini o‘rganish, ularda tarixiy ong yangilanishining sotsial omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy ongni 4 bosqichli o‘lchashning sotsiologik usuli (R.Aron)ni qo‘llagan holda, quyi (o‘rta ta’limgacha), o‘rta (ta’limdan tashqari), yuqori (umumta’lim) va oliy (umumta’limdan keyingi) darajalarining tizim yasovchi elementlar sifatidagi o‘zaro taqozaviyligi asoslangan;
o‘zgargan zamon va davr ruhi ta’sirida shakllanuvchi yangi tarixiy ong o‘quvchi yoshlarda o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularining yuksalishiga olib kelishi isbotlangan;
ijtimoiy-ma’naviy hayot dinamikasida kuzatilayotan ijobiy o‘zgarishlar (milliy qahramonlar nomlarining tiklanishi, ular haqida san’at asarlari yaratishga doir tashabbuslar, hududlardagi qadamjolar va tarixiy shaxslar ma’naviy merosini tiklashga qaratilgan faoliyat)ning o‘quvchilarda yangicha tarixiy ong shakllanishiga ijobiy ta’siri dalillangan;
o‘quvchilar tarixiy ongini yuksaltirishda hamda geosiyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirib borishda mahalliy tarixni fakul`tativ mashg‘ulotlar shaklida o‘qitish usuli orqali ularda vatanparvarlik va o‘z hududiga sadoqat tuyg‘ularini samarali rivojlantirish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda o‘quvchilar tarixiy ongining yangilanishi va rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zgargan zamon va davr ruhi ta’sirida shakllanuvchi yangi tarixiy ongning o‘quvchi yoshlarda o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularining yuksalishiga olib kelishi bilan bog‘liq ilmiy takliflardan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarining 10–11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun mo‘ljallangan «Ma’naviyat asoslari» darsligining «Inson ma’naviyati va milliy o‘zlikni anglash», «Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga qarshi tahdidlar» kabi mavzularlaridagi 2–14-paragraflarini ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish hamda takomillashtirishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2018 yil 29 maydagi 01/11-01/05-857-son ma’lumotnomasi). Bu umumta’lim maktablarining 10–11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tiladigan «Ma’naviyat asoslari» darsi orqali o‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, or-nomus, o‘zlikni anglash tuyg‘ulari yuksalishiga, ularda bugungi global ma’naviy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-ma’naviy hayot dinamikasida kuzatilayotan ijobiy o‘zgarishlarning o‘quvchilarda yangicha tarixiy ongni rivojlantiruvchilik xususiyatlariga doir takliflaridan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarining 10–11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun mo‘ljallangan «Ma’naviyat asoslari» darsligining «Inson ma’naviyati va milliy o‘zlikni anglash», «Ma’naviy merosning inson ma’naviyatiga ta’siri» kabi mavzularlaridagi 2-,6-paragraflarini ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish hamda takomillashtirishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2018 yil 29 maydagi 01/11-01/05-857-son ma’lumotnomasi). Bu o‘quvchilarda milliy qahramonlardan ibrat olish, hududlardagi qadamjolardan g‘ururlanish va tarixiy shaxslar ma’naviy merosi kabi elementlari va uning inson ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlaridan foydalanish orqali tarixiy ongni rivojlantirishga xizmat qilgan;
R.Aron (tarixiy ongni 4 bosqichli o‘lchash usuli) hamda T.Parsons (tizimli tahlil) nazariyalarini qo‘llagan holda o‘quvchilarda tarixiy ongni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» mavzusidagi I-2016-1-33 raqamli davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 1 avgustdagi 01/07-899-18-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlarda tarixiy xotira, tarixiy ongni rivojlantirishga kompleks yondashish (maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim, ta’limdan tashqari va o‘rta ta’limdan keyingi darajalarni uyg‘unlashtirish orqali) orqali samaradorlikka erishish imkonini bergan;
o‘quvchilarda geosiyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirib borishda mahalliy tarixni fakul`tativ mashg‘ulotlar shaklida o‘qitish usuli orqali ularda vatanparvarlik va o‘z hududiga sadoqat tuyg‘ularini samarali rivojlantirish borasida ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» mavzusidagi I-2016-1-33 raqamli davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 1 avgustdagi 01/07-899-18-son ma’lumotnomasi). Bu o‘quvchilarda dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama anglab etishga, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishga, milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylashga xizmat qilgan.