Kadirov Mirsulton Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fa107.
Ilmiy rahbar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlar doktori, professor; Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillarini falsafiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyati mazmunini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillar, davlatning fuqarolik jamiyati bilan samarali va konstruktiv muloqot mexanizmlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining ehtiyojlarini tizimli tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish jarayonini o‘rganishga doir yangi paradigmal yondashuvlar (kumulyativ, aksiologik, akmeologik, epistemologik, eksplanandum, intellektual tashabbus, fenomenologik, sinergetik nuqtai nazardan) ochib berilgan;
fuqarolik jamiyatini barpo etishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslari sotsiokreativ qonuniyat, endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) o‘zgarishlar dialektikasi (masala – muammo – gipoteza – nazariya – konsepsiyaning gnoseologik zanjiri) orqali ochib berilgan;
davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol tizimga aylantirishning konstruktiv yo‘llari, ular faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning samarali mexanizmlari ochib berilgan;
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish, bu boradagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda shakllantirish yo‘llari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillarining ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan o‘rganish asosida:
fuqarolik jamiyati mazmunini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillarni o‘rganishga doir yangi ilmiy yondashuvlar, fuqarolik jamiyatini institusional loyihalashtirishning milliy modeliga oid taklif-tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «2018 yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi» ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 23 noyabrdagi 02/012-1233-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar «davlat va fuqarolik jamiyati institutlari»ning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, markaz tomonidan tashkil etilgan mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hududiy o‘quv seminarlarni olib borish jarayonida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatini barpo etishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslari sotsiokreativ qonuniyat, endotransformatsion va ekzotransformatsion o‘zgarishlar dialektikasini o‘rganish borasida konstruktiv va strategik xulosalar, taklif-tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining (FJShMQMI) kompleks tadqiqot ishlari va sotsiologik tadqiqot savolnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 31 iyuldagi 11/348-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish muammolari sektori va yo‘nalishlarini belgilashga doir jamoatchilik fikrini o‘rganish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol tizimga aylantirishning konstruktiv yo‘llari, ular faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini shakllantirish, umumlashtirish va tahlil qilish hamda rivojlantirish borasida ilmiy-amaliy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2018 yil rejasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2018 yil 5 noyabrdagi 04-13/5724-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid davlat va hududiy dasturlarni tayyorlashda, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘zaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda metodologik manba sifatida xizmat qilgan;
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarini faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish, bu boradagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda shakllantirish yo‘llari borasidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutidagi 5710100 – Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarning taktik qo‘mondonligi, 5710200 – Xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash, 5710300 – Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarni tashkil etish va foyidalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi, 5740100 – Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishning qo‘mondonlik-muhandisligi ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim beriladigan «Siyosatshunoslik» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 fevraldagi 89-03-875-son ma’lumotnomasi) Mazkur takliflar asosida, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishiga oid yangi paradigmaviy yondashuvlar hamda ularni tadqiq etishning yangi nazariy va metodologik tamoyillari ishlab chiqilganligi aholining, ayniqsa, yoshlarni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi bilim va tajribalarini yanada yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.