Djumanov Sanjarbek Abdurazakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi asosiy yo‘nalishlarining rivojlanishi tarixi (1991–2015 yy.)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar281.
Ilmiy rahbar: Saidov Ilxomjon Muhiddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar:  Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor; Mo‘minova Gavhar Esonovna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi asosiy yo‘nalishlarining 1991–2015 yillardagi  rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik arafasida sog‘liqni saqlash sohasida yuzaga kelgan muammolar, xususan, ekologik tanglik, paxta yakkahukmronligi, turli xildagi kimyoviy vositalarning qo‘llanilishi natijasida respublikada turli xil kasalliklarning ko‘payib ketganligi hamda XX asrning 80-yillarida yuqumli kasalliklar shifoxonalari moddiy texnika bazasining talab darajada bo‘lmaganligi oqibatida respublika yuqumli kasalliklarning tarqalish o‘chog‘i bo‘lib qolganligi ochib berilgan;
sog‘liqni saqlash tizimini asosiy yo‘nalishlari sifatida aholi orasida tibbiy profilaktikani kuchaytirish, ona va bolalikni himoya qilish, dori vositalari bilan ta’minlash, shoshilinch tez tibbiy yordam markazlarini tashkil qilish hamda  tibbiyot sohasi uchun kadrlarni tayyorlash kabilar belgilab olinib, ularni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirilishi jarayonidagi yutuq va kamchiliklar yoritilgan;
onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, mamlakatda shu paytga qadar amalda bo‘lgan onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlashning an’anaviy uslublaridan farq qiluvchi yangi usullari (perinatal markazlar, perinatal yordamning hududiylashtirilishi, neonotolog (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘yicha mutaxassislar) qo‘llanilayotganligi ochib berilgan;
sog‘liqni saqlash tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan  farmatsevtika sohasida import o‘rnini bosadigan mahalliy dori va tibbiy vositalarning yangi turlarini ishlab chiqilishiga qaratilgan sa’y-harakatlar hamda hukumat dasturlari doirasida xorijiy hamkorlikni amalga oshirilishi aholining bu sohaga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashga xizmat qilayotganligi yoritilgan.
sog‘liqni saqlash tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan  farmatsevtika sohasida import o‘rnini bosadigan mahalliy dori va tibbiy vositalarning yangi turlarini ishlab chiqilishiga qaratilgan sa’y-harakatlar hamda hukumat dasturlari doirasida xorijiy hamkorlikni amalga oshirilishi aholining bu sohaga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashga xizmat qilayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda yuzaga kelgan holat sog‘liqni saqlash tizimida tub islohotar o‘tkazish zaruriyatini keltirib chiqarganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi asosiy yo‘nalishlarining rivojlanishi tarixi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot xodimlarini tayyorlash maqsadida malaka va kasbiy mahoratni oshirish, profilaktika muassasalari, davolash diagnostika ishlarini rivojlantirish vazifalari hamda farmatsevtika buyumlarining katta qismi respublikada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi «Ma’naviyat va ma’rifat» bo‘limining 2017 yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasini amaliyotga tatbiq etish doirasida foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 84-z/19-son ma’lumotnomasi) Bu aholi orasida muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish, kishilarning salomatlik dasturlariga nisbatan ko‘nikma hosil qilishlariga yordam bergan;
tibbiyot sohasidagi islohotlar va ularning natijalari bo‘yicha olingan xulosalardan Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan tayyorlanayotgan «Tibbiyot tarixi» darsligining mustaqillik davri tibbiyoti tarixini yoritishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 84-z/19-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tub mohiyatini to‘la qonli tushinib etishlari uchun imkon bergan;
tibbiyot sohasida amalga oshirilgan islohotlar, xususan, aholini yuqori sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlashning yo‘lga qo‘yilganligi, onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash tadbirlari natijasida rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning tug‘ilishi kamayganligi, o‘tkir yuqumli kasalliklarning oldi olinganligi, turli infeksiyalar, yuqumli kasalliklarning kirib kelishiga qarshi tizimli ishlar amalga oshirilganligi haqidagi yangi ilmiy ma’lumotlardan Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey qo‘riqxonasining O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining «Mustaqillik» ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 22 noyabrdagi 01-11-08-6547-son ma’lumotnomasi) Bu mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, xususan, uning tarkibiy qismi bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalarini anglashga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar va ularning O‘zbekiston taraqqiyotidagi ahamiyati borasidagi ilmiy xulosalardan STV telekanali bilan birgalikda «Salomatlik sarhadi» nomli ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (STV telekanalining 2017 yil 4 martdagi 147-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni va bu boradagi tashabbuslarni teletomoshabinlarga to‘g‘ri hamda xolisona etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish