G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab tizimlarda axborot generatsiyasining falsafiy-metodologik asoslari”, 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fal4.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Mahbuba Nurullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Izzetova Emine Mustafaevna, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab tizimlarda axborot generatsiyasining falsafiy mohiyati va uning o‘ziga xosligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Harakatlar strategiyasini murakkab tizim sifatida tahlili asosida axborotlashtirish va raqamlashtirish (axborotni yaratish, qayta ishlash, saqlash, almashish va uzatish texnologiyalari) jarayonlarining axborotlashgan jamiyatni shakllanishidagi muhim bosqich ekanligi asoslangan;
axborotning epistemologik, ontologik, tizimli xususiyatlari atributiv, funksional, kommunikativ yondashuvlarda namoyon bo‘lishining konstruktiv asoslari ochib berilgan;
jamiyat hayotida inson kapitalining ahamiyati ortib borishida axborot generatsiyasi (ishlab chiqarish, ko‘payish) muhim omil ekanligi ilmiy asoslangan;
murakkab tizim tushunchasining falsafiy asoslari xolizm, tizim elementlarining ko‘pligi va xilma-xilligi, ochiq tizim, emerjentlik, teskari aloqa orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
murakkab tizimlarda axborot va kommunikatsiya aloqadorligi (axborot-xabar-tushunish), jamiyat, ta’lim, axborotlashtirish jarayonlarida axborotning konstruktiv ahamiyati tizimli yondashuv orqali ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Murakkab tizimlarda axborot generatsiyasining falsafiy-metodologik asoslarining tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Harakatlar strategiyasini murakkab tizim sifatida tahlili asosida axborotlashtirish va raqamlashtirish jarayonlarining axborotlashgan jamiyatni shakllanishidagi muhim bosqich ekanligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zLDPning 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» hamda 2018 yil yurtimizda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili» deb e’lon qilinganiga oid dasturlarni ishlab chiqishda, shuningdek «Ayollar innovatsion rivojlanish tarafdori» kabi loyihalar doirasida o‘tkazilib kelinayotgan tadbirlarda hamda aholining ma’naviy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot va amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasiining 2018 yil                7 dekabrdagi 01-27-1213-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi davlat va xalq o‘rtasidagi aloqa ular orasidagi munosabatni o‘zgartirishini, ya’ni xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi zarurligini yoritish imkonini bergan va amaliy tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
axborotning epistemologik, ontologik, tizimli xususiyatlari atributiv, funksional, kommunikativ yondashuvlarda namoyon bo‘lishining konstruktiv asoslari, axborotlashgan jamiyat, axborotlashtirish jarayoniga oid ilmiy-nazariy xulosalari «Falsafa: ensiklopedik lug‘ati»da (Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2010. –B.31-35. ISBN 978-9943-07-115-5) o‘z aksini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03-2739-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan ilmiy xulosalar yoshlarning bilish jarayonidagi muammolarni o‘rganishda nazariy bilimlarini takomillashtirishga hamda voqelik haqidagi tasavvurlarining o‘zgarishiga xizmat qilgan;
jamiyat hayotida inson kapitalining ahamiyatini ortib borishida axborot generatsiyasi (ishlab chiqarish, ko‘payish) muhim omil ekanligi hamda axborotlarni idrok etish, yoshlarga axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish bo‘yicha treninglar o‘tkazishga oid ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalaridan A5-037 raqamli «AKT yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari uchun masofaviy ta’limning elektron tizimini ishlab chiqish» amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 maydagi 89-03-1861-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimiz yoshlarida axborot texnologiyalarining inson organizmi va tafakkuriga ta’siri hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
murakkab tizim tushunchasining falsafiy asoslari xolizm, tizim elementlarining ko‘pligi va xilma xilligi, ochiq tizim, emerjentlik, teskari aloqa orqali namoyon bo‘lishi hamda murakkab tizimlarda axborot generatsiyasi masalalarini tadqiq etish natijasida yoshlarda kognitiv va kreativ tafakkurni rivojlantirishga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan A-1-06 raqamli «Yoshlarni intellektual salohiyatini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish» amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 apreldagi 89-03-1537-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimiz yoshlarining intellektual va ilmiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
murakkab tizimlarda axborot va kommunikatsiya aloqadorligi (axborot-xabar-tushunish), jamiyat, ta’lim, axborotlashtirish jarayonlarida axborotning konstruktiv ahamiyati bo‘yicha taklif va xulosalaridan A1-071 raqamli «Murakkab tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish» mavzusidagi loyiha doirasida nashr etilgan «Dunyoning mafkuraviy manzarasi” nomli xrestomatiyaning «Axborot vositalari orqali amalga oshirilayotgan mafkuraviy tazyiqlar» mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 24 avgustdagi 01/012-938-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalarning amaliyotga tadbiq etilishi axborot vositalari orqali amalga oshirilayotgan mafkuraviy tazyiqlarning oldini olishga hamda ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlar, mobil` messenjerlar vositasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aholi, ayniqsa yoshlar, xorijdagi vatandoshlarimiz o‘rtasida keng tushuntirish ishlariga qaratilgan onlayn so‘rovnomalar, muhokamalar va muloqot maydonlarini tashkil qilish kabi vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish