Sayt test rejimida ishlamoqda

Boboyorov Bobomurod Normatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat demokratlashuvida millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal98.
Ilmiy rahbar: Tulenova Gulmira Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: demokratik islohotlar sharoitida millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnik birlik tushunchalari, jumladan, «elat» – qon-qarindoshlik rishtalari bog‘langan kishilarning birligi, «millat» – jug‘rofiy omillar ta’sirida shakllangan irqiy qiyofaga ega, moddiy, ma’naviy, ruhiy-psixologik omillar asosida uyushgan birligi, «xalq» – turli etnik guruhga mansubligidan qat’i nazar davlat fuqaroligiga ega kishilarning siyosiy-huquqiy jihatdan birligi ekanligi bilan boyitildi;
millatlararo munosabatlardagi differensiatsiya va integratsiya jarayonlarining istiqbollari hamda Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida amalga oshirilayotgan milliy siyosatga xos bo‘lgan jihatlar ochib berilgan;
milliy va umummilliy manfaatlar uyg‘unligi demokratik islohotlarning amaliy natijalari bilan uzviy bog‘liqligi, millatlararo munosabatlarni takomillashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ta’sirchan roli ochib berilgan;
millatlararo ziddiyatlar tipologiyasi, millatchilik terrorizmi tendensiyalari tavsiflangan, xavflarning oldini olishda g‘oyaviy-mafkuraviy ishlar samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyat hayotini demokratlashtirish, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda millatlararo munosabatlarni takomillashtirishga oid ilmiy konsepsiyalarining ijtimoiy-falsafiy va qiyosiy tahlili asosida «elat», «millat», «xalq» kategoriyalarining konkretlashgan mazmuni, aniqlik kiritilgan ilmiy ta’riflarning ijtimoiy-falsafiy tahliliga oid takliflardan          A-1-163 raqamli «Demokratik islohotlarda «O‘zbek modeli»ning konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida demokratik islohotlarda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalarni, O‘zbekistondagi millatlararo munosabatlar va totuvlikni mustahkamlash jarayonlarining ilmiy asoslarini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 maydagi 89-03-1866-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyihani amalga oshirishda demokratik islohotlarning millatlararo munosabatlarni takomillashuviga ta’siri bilan bog‘liq masalalarni hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash jarayonlarining ilmiy asoslarini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan o‘rganishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
davlatlarning mono va polietnik tarkibini yuzaga keltirib chiqaruvchi sabablar, millatlararo munosabatlarda kuzatilayotgan differensiatsiya va integratsiya jarayonlarining istiqbollari hamda milliy o‘ziga xoslikni asrab qolish, milliy siyosat, milliy boshqaruv andozalariga xos bo‘lgan xususiyatlariga oid ilmiy xulosa va tavsiyalar «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2017 yilda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekistonning barcha viloyatlarida «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» mavzusidagi jamoatchilik fikri so‘rovi bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot jarayonida amalda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 7 noyabrdagi 01-16/353-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida mamlakatdagi millatlararo munosabatlarning holati va rivojlanish tendensiyalarini chuqur o‘rganishga, ularning o‘zgarishi dinamikasini aniqlashda xizmat qilgan;
milliy va umummilliy manfaatlar uyg‘unligi, millatlararo munosabatlar taraqqiyoti demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning amaliy natijalari bilan uzviy bog‘liqligi hamda millatlararo munosabatlarni takomillashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ta’sirchan roli va ahamiyati asoslangan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizdagi millatlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlashda, o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirishda, milliy madaniy markazlar faoliyatini takomillashtirishda, turli millatlar orasida amalga oshirilayotgan madaniy hamkorlik va aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlarida hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishi – xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2018 yil 21 noyabrdagi 01-09-1926-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimizdagi millatlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlashda, o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirishda hamda milliy madaniy markazlar faoliyatini takomillashtirishda, turli millatlar orasida amalga oshirilayotgan madaniy hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish imkonini bergan;
millat va elatlararo ziddiyatlarning  sabablari,  millatchilik,  uning qayta  tiklanishida  terrorizmning  roli va asosiy tendensiyalarini o‘rganish va  bartaraf etish  bo‘yicha ishlab  chiqilgan   amaliy  takliflardan Respublika  ma’naviyat  va  ma’rifat  markazining  «2018  yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi»ning VII bob «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari» 51-bandi «Jamiyatidagi, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 6 martdagi 02/09-258-19-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mamlakatimiz yoshlari huquqiy madaniyati, ma’naviyatini yanada yuksaltirish, mustaqil fuqarolik pozisiyasini shakllantirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish