Zikirova Nafosat Karshiboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo davlatlarida milliy taraqqiyot modellari (ijtimoiy – falsafiy tahlil) 09.00.04– Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal175.
Ilmiy rahbar: Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ko‘chqorov Vaxob Hoshimovich, siyosiy fanlardoktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo davlatlari milliy taraqqiyot modellarining tarixi, nazariyasi va istiqbollarini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo davlatlarining milliy taraqqiyot modellari globallashuv natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar va rivojlanish talablariga javoban yaratilgani, mohiyatan ijtimoiy – tarixiy ahamiyatga ega voqelik, ob’ektiv zaruriyat ekani ilmiy asoslangan;
milliy taraqqiyot modellari falsafaning alohidalik, umumiylik, xususiylik kategoriyalari vositasida nazariy asoslangan va global, mintaqaviy o‘zgarishlarga muvofiqlik, xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlarga hozirjavoblik «Abadiy do‘stlik», «Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi», «Yadro qurolidan xoli mintaqa» kabi transmilliy uyushmalar hamda xarakatlar orqali ochib berilgan;
Markaziy Osiyodagi iqtisodiy va madaniy – gumanitar aloqalarning milliy taraqqiyot modellariga muvofiq rivojlanishi dinamikasi, bu boradagi plyuralistik yondashuvlar, ularni etnomadaniy mushtaraklik atrofida uyg‘unlashtirishning ahamiyati asoslangan;
Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani yangi bosqichga ko‘tarish, tinchlik, barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, etnokonfessional aloqalarni mustahkamlashdagi O‘zbekiston Respublikasining tashabbuslari va konstruktiv xamkorligining ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Markaziy Osiyo davlatlarida milliy taraqqiyot modellari» (ijtimoiy – falsafiy tahlil) tadqiqoti natijasi asosida:
Markaziy Osiyo davlatlarining milliy taraqqiyot modellari globallashuv natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar va rivojlanish talablariga javoban yaratgani, mohiyatan ijtimoiy – tarixiy ahamiyatga ega voqelik, ob’ektiv zaruriyat ekaniga oid hulosalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O`zbekiston 24» teleradiokanali davlat unitar korxonasining «O‘zbekiston va dunyo», «Fan», «Siyosat» kabi dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O`zbekiston 24» teleradiokanali davlat unitar korxonasi 2018 yil 23 apreldagi 03/09-363 son ma’lumotnomasi). Ilmiy hulosa mintaqa halqlarining qalbi, ma’naviy olamini anglash, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarni sifatli qondirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda faol qatnashishga hizmat qiladi;
milliy taraqqiyot modellari falsafaning alohidalik, umumiylik, xususiylik kategoriyalari vositasida nazariy asoslangan va global, mintaqaviy o‘zgarishlarga muvofiqlik, xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlarga hozirjavoblik «Abadiy do‘stlik», «Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi», «Yadro qurolidan xoli mintaqa» kabi transmilliy uyushmalar hamda xarakatlarga oid xulosalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi A-1-163 «Demokratik islohotlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari» (2015-2017 yillar) mavzuidagi amaliy loyihani tadbiq etilishida, «Markaziy Osiyo davlatlarida milliy taraqqiyot modellari» (Toshkent, 2017) monografiyasi hamda «Markaziy Osiyo respublikalarida milliy taraqqiyot modellaring shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlari» (Toshkent, 2016), «O‘zbek modeli va uning ijtimoiy demokratik taraqqiyotdagi o‘rni» (Toshkent, 2017) ilmiy maqolalaridan foydalanildi. (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-03-2126-son ma’lumotnomasi);
Markaziy Osiyodagi iqtisodiy va madaniy – gumanitar aloqalarning milliy taraqqiyot modellariga muvofiq rivojlanishi dinamikasi, bu boradagi plyuralistik yondashuvlar, ularni etnomadaniy mushtaraklik atrofida uyg‘unlashtirishining ahamiyatiga doir ilmiy xulosalari va «Markaziy Osiyo: milliy va strategik taraqqiyot» ilmiy tadqiqotlar markazini tashkil etish borasidagi taklif-tavsiyalardan O‘zMTDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi – faoliyatimiz Dasturi», «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzalari – partiya tashkilotlari va oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zMTDP fraksiyasi faoliyatining dasturi amali», «Partiya kadrlar va mafkuraviy-g‘oyaviy siyosatining yangi yondoshuvlari xamda dolzarb muammolari» mavzularida ishlab chiqilgan loyihalarida va «Jamoatchilik nazorati orqali fuqarolik jamiyatini mustahkamlaymiz!» mavzusidagi tadbirlarda foydalanilgan (O‘zMTDP Toshkent shahar kengashining 2018 yil 1 maydagi № 01-170-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ko‘p millatli xalqimizning mintaqamizda olib boryotgan iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlardan boxabar bo‘lishlari, ularning faol ishtirok etishlariga zamin yaratadi. Qolaversa, milliy modellarning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishda foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishga va shakllantirishga xizmat qiladi;
Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani yangi bosqichga ko‘tarish, tinchlik, barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, etnokonfessional aloqalarni mustahkamlashdagi O‘zbekistonning tashabbuslari va konstruktiv xamkorligining ahamiyatiga doir xulosalardan va «Markaziy Osiyo davlatlarida milliy taraqqiyot modellari» (Toshkent, 2017) «Tamaddun» nashriyotida chop etilgan monografiyasidan f.f.n., dotsent F.S. Atamuratovaning «Osnovi duxovnosti» (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 24.08. 2017 yil 603- buyrug‘i asosida 5510100-davolash ishi ta’lim yo‘nalishi talabalari (o‘qituvchilari) uchun tavsiya etilgan №603-139) fanidan o‘quv qo‘llanmasining «Duxovnost` i ekonomika, ix vzaimosvyaz`», «Mesto duxovnosti v politiki, prave i vo vlasti» mavzularini tayyorlashda foydalanildi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-03-2184 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari «Ma’naviyat asoslari» fanini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan. Bu fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, milliy ongni yuksaltirish, Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, aholining osoyishta va obod turmushini ta’minlashga, shuningdek, fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni ifoda etuvchi milliy taraqqiyot modellarining ma’naviy qadriyatlar yangi tizimini yuzaga kelishini monitoring qilishga xizmat qilgan.