Jo‘rabekova Habibaxon Madaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish jarayoni (xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlili)», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2PhD/Ss24.
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Muqimjon, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Ahmedov Husniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish jarayonining amalga oshirilishida o‘ziga xos innovatsion texnologiyalarini joriy etish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan nomarkazlashtirish jarayonlarida mahalliy boshqaruv va vakillik organlari vakolatlarini aniqlashtirish, kengaytirish lozimligi hamda davlat xizmati ko‘rsatishda «davlat+xususiy sektor sherikchiligi» tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
demokratik boshqaruv prinsiplardan kelib chiqib, mahalliy hokimiyatlar o‘z faoliyat samaradorligini oshirish, shaffofligini ta’minlash, xalqchilligini namoyon qilishlari uchun eng avvalo, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda NNT (jamoatchilik nazorati sub’ektlari) bilan ijtimoiy hamkorlik qilishi muhim omil ekanligi asoslangan;
davlat ijroiya organlari faoliyatida kraudsorsing (tashqi tashkilotlar resurslaridan foydalanish), austsorsing (tashqi resurslar - xususiy va nodavlat xizmat ko‘rsatish shakllari) asosida mahalliy davlat boshqaruvi tizimiga ijtimoiy menejmentni qo‘llash mexanizmlari ochib berilgan;
mahalliy boshqaruv tizimini tuzilmaviy-funksional jihatdan nomarkazlashtirish va modernizatsiyalashda rivojlangan davlatlarning munisipal boshqaruv tizimi tajribalari asosida (vakolatlarni uzatish, hududga tegishli qarorlar qabul qilishda mustaqillik, rahbar mas’uliyatini oshirish, «Munisipal tizimni rivojlantirish konsepsiyasi»ni qabul qilish kabi) takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirish evolyusiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy asoslangan xulosa va tavsiyalar asosida:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan nomarkazlashtirish jarayonlarida mahalliy boshqaruv va vakillik organlari vakolatlarini aniqlashtirish, kengaytirish lozimligi hamda davlat xizmati ko‘rsatishda «davlat+xususiy sektor sherikchiligi» tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha berilgan takliflar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirishni ta’minlaydigan innovatsion usullarini joriy etish hamda professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda va Andijon viloyat hokimligining tegishli bo‘lim faoliyatlarini tashkil etishda hamda «davlat+xususiy sektor sherikchiligi» tamoyiliga amal qilish bo‘yicha «Yo‘l xarita»larini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 5 yanvardagi 02–01/07-son dalolatnomasi, Andijon viloyati hokimligining 2018 yil 03 oktyabrdagi № 06/22-304-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar davlat boshqaruvi tizimini nomarkazlashtirishga qaratilgan boshqaruvning innovatsion usullari, shakllari hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va davlat xizmatiga jalb etishning sheriklik tizimini yo‘lga qo‘yishga katta hissa qo‘shgan;
demokratik boshqaruv prinsiplardan kelib chiqib, mahalliy hokimiyatlar o‘z faoliyat samaradorligini oshirish, shaffofligini ta’minlash, xalqchilligini namoyon qilishlari uchun eng avvalo, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda NNT bilan ijtimoiy hamkorlik qilishi muhim omil ekanligi kabi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar dasturini hamda Kengashning 2019 yilda fuqarolarning o‘zini o‘z boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan «Yo‘l xarita»sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 5 yanvardagi 02–01/07-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari faoliyatida ilgari hokimliklar vakolatlari doirasida bo‘lgan ma’lum bir vazifalarni bajarishlarida, joylardagi muammolarni hal etilishiga yanada jiddiy yondashib, o‘zini o‘zi boshqarish institutining fuqarolik jamiyati qurish jarayonidagi nufuzini amalda yanada kuchaytirilishiga erishilgan;
davlat ijroiya organlari faoliyatida kraudsorsing autsorsing asosida mahalliy davlat boshqaruvi tizimiga ijtimoiy menejmentni qo‘llash mexanizmlari bo‘yicha berilgan takliflardan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining ish faoliyati samaradorligini oshirishdagi «Yo‘l xarita»larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 11 martdagi 05/423-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya, taklif va xulosalar asosida tayyorlangan hujjatlarni amaliyotga joriy qilinishi natijasida qo‘mita qoshidagi jamoatchilik uyushmalari faoliyatini takomillashtirishga, joylardagi xotin-qizlar qo‘mitalari boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga, ularning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlashga xizmat qilgan;
mahalliy boshqaruv tizimini tuzilmaviy-funksional jihatdan nomarkazlashtirish va modernizatsiyalashda rivojlangan davlatlarning munisipal boshqaruv tizimi tajribalari asosida ishlab chiqilgan vakolatlarni uzatish, hududga tegishli qarorlar qabul qilishda mustaqillik, rahbar mas’uliyatini oshirish, «Munisipal tizimni rivojlantirish konsepsiyasi»ni qabul qilish takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimidagi zamonaviy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqishda hamda KA-1-004 raqamli «Modernizatsiya jarayonida yoshlarda innovatsion ong shakllanishini ilmiy-amaliy tadqiq etish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 yanvardagi 89–03–506-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimidagi o‘quv dasturlarini zamon talablari asosida ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan.