Djumaniyazova Dilfuza Kamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs ma’naviyatining shakllanishida insoniylik va ilohiylik uyg‘unligi», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (din falsafasi)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal155
Ilmiy rahbar: Nishanova Ozoda Jalolitdinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxs ma’naviyati shakllanishida insoniylik va ilohiylik uyg‘unligining diniy-falsafiy va ilmiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arb shaxs – transsendent – ma’naviyat diniy-falsafiy yondashuvi ekzistensializm (hayot falsafasi) va nigilizm (mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish) konsepsiyalari asosida ochib berilgan;
Sharq falsafasida insoniylik va ilohiylik o‘zaro dialektik bog‘liq kosubstansional voqeliklar (ikki asosning mavjudligi va ular aynan voqeliklar bo‘lmay, yonma-yon mavjudlik tarzida ob’ekt borlig‘ida namoyon bo‘lishi) sifatida kelishi asoslangan;
ilohiy, ilohiylik inson, insoniylik bilan chambarchas bog‘liq transsendental voqeliklar ekanligi asoslanib, ulardagi spiritualistik xususiyatlar ochib berilgan;
insoniylik va ilohiylikning uyg‘unlashuvi milliy g‘oyaning shaxs ongida, ma’naviyatida shakllanishiga, ob’ektivlashishiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishda insoniylik va ilohiylik uyg‘unligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
g‘arb shaxs – transsendent – ma’naviyat diniy-falsafiy yondashuvi, ekzistensializm (hayot falsafasi) va nigilizm (mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish) konsepsiyalari, din-ma’naviyat birligi, zamonaviy teologik muammolarga oid ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Jo‘ybori Kalon madrasasida ayol-maslahatchilar malakasini oshirish kurslari uchun tuzilgan Namunaviy dasturda foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 23 apreldagi № 04/74719-son ma’lumotnomasi). Dastur yurtimiz xotin-qizlarini O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlarning, diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining tub mohiyati bilan yaqindan tanishtirishga imkon yaratgan;
Sharq falsafasining diniy-ma’rifiy negizi bo‘lgan dao-konfusiylik, hindo-buddaviylik, islomda insoniylik va ilohiylik o‘zaro dialektik bog‘liq kosubstansional voqeliklar sifatida kelishi hamda insoniylik va ilohiylikning deterministik va indeterministik mohiyatiga doir ilmiy takliflar O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan nashr qilingan 2 jilddan iborat “Jahon falsafasi qomusi” ensiklopediyasiga kiritilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2019 yil 15 fevraldagi № 07-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan transsendent, ma’naviyat, insoniylik va ilohiylik kabi tushunchalarning ensiklopediyaga kiritilishi kitobni yangi tushunchalar bilan boyitilishi hamda ilmiy asosi oshishiga xizmat qilgan;
ilohiy, ilohiylik inson, insoniylik bilan chambarchas bog‘liq transsendental voqeliklar ekanligi, insoniylik va ilohiylikka asoslangan diniy-falsafiy, axloqiy fazilatlar, ma’naviy qadriyatlarga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan «Bag‘rikeng O‘zbekiston!» shiori ostida respublika miqyosida o‘tkazilgan yoshlar festivali hamda yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan profilaktik va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining samaradorligini oshirish, diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurash borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-son Qarori asosida) va o‘qitish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining 2018 yil 12 oktyabrdagi № 04-13/5355-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotda qo‘llanilishi yoshlarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirib, insoniylik va ilohiylik mezonlarini to‘g‘ri anglashlari, milliy va diniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratgan va barkamol shaxsni tarbiyalash ishlarini tizimli tashkil etishga xizmat qilgan;
insoniylik va ilohiylikning uyg‘unlashuvi milliy g‘oyaning shaxs ongida, ma’naviyatida shakllanishiga, ob’ektivlashishiga oid xulosalardan “Yoshlarni ma’naviy immunitetini mustahkamlashda islom san’atining o‘rni” mavzusidagi amaliy grant doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 89-03-1039-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy grant yoshlarda ma’naviy immunitetni shakllantirishda insoniylik va ilohiylik uyg‘unligiga oid ma’lumotlar bilan boyigan.