Atavullaev Mirkomil Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyatni modernizatsiyalashda xuquqiy qadriyatlarning o‘rni», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (huquq falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal90.
Ilmiy rahbar: Musaev Faxriddin, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Muxitdinov Faxritdin Muxitdinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash va jamiyatni modernizatsiyalashda huquqiy qadriyatlarning o‘rnini nazariy jihatdan tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlarining samarali kechishi insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va turmush tarzi, islohotlarga bo‘lgan munosabatlarini belgilab beruvchi huquqiy qadriyatlarga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
milliy taraqqiyot va jamiyatni modernizatsiyalashning asosini Mustaqillik Deklaratsiyasi hamda asosiy qonun (Konstitusiya) kabi yuridik dogmatika tashkil etadi, huquqiy qadriyatlar dogmatikaga muvofiq shakllanadi degan g‘oya ilgari surilgan;
jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlarida huquqiy qadriyatlarning o‘rni tizimga solingan, O‘zbekistondagi modernizatsiyalash jarayonlari  sharqona evolyusion taraqqiyot qonunlariga muvofiq kechayotgani ilmiy asoslangan;
huquqiy qadriyatlarning mustahkamlanishida milliy mafkura va ma’naviy-axloqiy imperativlar muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslanib, yuridik-aksiologik jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyatni modernizatsiyalashda huquqiy qadriyatlarning o‘rni doirasida ishlab chiqilgan falsafiy-huquqiy takliflar asosida:
jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlarining samarali kechishi haqidagi falsafiy-huquqiy g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy apparati faoliyatida, Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutining «Umumnazariy-huquqiy fanlar» kafedrasi o‘quv jarayonida hamda «Sohaviy huquqiy fanlar» kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida nazariy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy Devonining 2018 yil 26 maydagi 2127-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kursantlarning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-huquqiy sohadagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan;
milliy taraqqiyot va jamiyatni modernizatsiyalash asosini Mustaqillik Deklaratsiyasi hamda Asosiy Qonun (Konstitusiya) kabi yuridik dogmatika tashkil etadi degan xulosalaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 18 sentyabrdagi «Oliy ta’lim muassasalarida «Fuqarolik jamiyati» fanini o‘qitilishini joriy etish to‘g‘risida»gi 352-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida    2017 yilda chop etilgan «Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar» lug‘atidagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy atamalarni ta’rifini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 maydagi 89-03-1664-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan ilmiy xulosalar «Fuqarolik jamiyati» fanini takomillashtirish va o‘qitish sifatini yanada yaxshilash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmunini keng miqyosda tushuntirish hamda ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlarida huquqiy qadriyatlarning o‘rni va ularning umuminsoniy huquqiy qadriyatlarga muvofiqligi haqidagi qarashlar, fikrlar Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatiga joriy etilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 10 apreldagi 11/239-son ma’lumotnomasi). Natijada huquqiy qadriyatlarning turli ko‘rinishlari, shakllari, ilmiy va huquqiy mezonlari tarixiy o‘zgaruvchan xarakteri hamda uning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi in’ikosi, huquqiy kategoriyalar asoslarini aniqlashga qaratilgan ilmiy jihatdan tizimli tahlil qilishda samarali foydalanilgan;
huquqiy qadriyatlarning mustahkamlanishida milliy mafkura va ma’naviy-axloqiy imperativlar borasidagi xulosalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yoshlarda milliy huquqiy qadriyatlarni shakllantirish, ijtimoy-huquqiy faollik va g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar, korrupsiya, inson huquqlarini kamsitishga qarshi uyushtirilgan ommaviy-huquqiy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 22 iyundagi 04-13/3326-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy jarayonlarni anglash, yoshlarni qadriyatlarga bo‘lgan munosabatlarini shakllantirishda, yoshlarga oid davlat siyosatining mazmuni, ayniqsa ularning huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni saviyasi, ta’sirchanligi va ahamiyatini ortishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish