Aminova Nurxon Bobomurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rni», 09.00.04– Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2 PhD/Fa184.
Ilmiy rahbar: Karimov Ibroxim, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qo‘chqorov Vahob Hoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rnini  ilmiy-falsafiy tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviyatning umumiy qonuniyatlari (axloqiy me’yorlar, qadriyatlarga amal qilish, diniy-e’tiqodiy tolerantlik va uni qaror toptirish) ijtimoiy taraqqiyot jarayonida inson va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirishda muhim omil ekanligi isbotlangan;
ijtimoiy taraqqiyot davomida ijtimoiy guruhlarni birlashtirishga ta’sir etuvchi ijobiy (uyushqoqlik, faollik) hamda ular o‘rtasida ziddiyatlarni yuzaga keltiruvchi salbiy (manfaat yo‘lidagi xudbinlik, buzg‘unchilik, loqaydlik) xususiyatlari asoslab berilgan;
globallashuv jarayonida noosferaning istiqboldagi taqdiri inson omiliga bog‘liq bo‘lib qolayotganligini hisobga olib, ilm-fan, axborot va nanotexnologiyalar imkoniyatlaridan iste’molchilik emas, balki bunyodkorlik maqsadida foydalanish ijtimoiy taraqqiyot katalizatori bo‘lishi aniqlangan;
jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi (ma’naviyat, madaniyat, ma’naviy meros, san’at) o‘rtasidagi munosabatlarning takomillashuvida ma’naviyatning o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rnini ilmiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ma’naviyatning umumiy qonuniyatlari ijtimoiy taraqqiyot jarayonida  inson va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirishda muhim omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazida I-2015-01-05 raqamli «Milliy g‘oyaning innovatsion targ‘ibot texnologiyalari va yoshlarni axborot-psixologik xurujlardan himoya qilishning zamonaviy usullari» nomli loyihaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 maydagi 07/1-138-sonli bayoni 1-, 5-, 9-, 13-bandlari asosida tuzilgan chora-tadbirlarda, shuningdek, 2016 yilga mo‘ljallangan Markaz ish rejasida belgilangan bandlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 26 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan ilmiy xulosalar yoshlar ma’naviyatining yanada yuksalishiga, tinchlik, barqarorlikka oid ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
ijtimoiy taraqqiyot davomida ijtimoiy guruhlarni birlashtirishga ta’sir etuvchi ijobiy hamda ular o‘rtasida ayrim ziddiyatlarni yuzaga keltiruvchi salbiy xususiyatlarini bartaraf qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat-targ‘ibot markazining «Rahbar ma’naviyati: muammo va echimlar» nomli A-1-133 loyihasining maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda, Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2015 yil 12 maydagi 50-sonli majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 yanvardagi «Aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurash, konfessiyalar va millatlararo hamkorlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi ishlarning saviyasi va ta’sirchanligini oshirish to‘g‘risida»gi 3-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlashda, shuningdek 2016 yil 23 sentyabrda o‘tkazilgan «Vatan tinchligi yo‘lida mas’ulmiz!» mavzusidagi respublika seminarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat-targ‘ibot markazining 2016 yil 26 sentyabrdagi 01/06-591-son ma’lumotnomasi). Bu xalqimizning qalbi, ruhiyatini, ma’naviy olamini «ommaviy madaniyat» va vayronkor mafkuralar ta’siridan himoyalash hamda bu boradagi ilmiy-nazariy qo‘llanmalar, tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish imkonini bergan;
globallashuv jarayonida noosferaning istiqboldagi taqdiri inson omiliga bog‘liq bo‘lib qolayotganligiga hamda ilm-fan, axborot va nanotexnologiyalar imkoniyatlaridan iste’molchilik emas, faqat bunyodkorlik maqsadida foydalanishning ijtimoiy taraqqiyot katalizatori bo‘lishiga oid taklif va tavsiyalardan «Ijtimoiy falsafa» o‘quv qo‘llanmasining «Jamiyat yaxlit tizim sifatida», «Jamiyatning ma’naviy hayoti», «Madaniyat va qadriyatlar», «Fuqarolik jamiyati», «Odam, inson va shaxs» deb nomlangan bo‘limlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi 89-03-1044-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan taklif va tavsiyalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan.
jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlarning takomillashuvida ma’naviyatning o‘rniga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» radiokanalining «Bedorlik», «Hamroh», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2016 yil 4 noyabrdagi 1-60-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mazkur eshitti-rishlarning samaradorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish