Tojibaev Botirjon Maxamadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyatida sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (1918–1926 yy.)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar401.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.31.01.2019.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Nurunbetov Baltaxun Attakulovich, tarix fanlari doktori, professor; Xaitov Shadmon Axmadovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1918–1926 yillarda Samarqand viloyatidagi sovet rejimiga qarshi olib borilgan qurolli harakatning mohiyati, bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatida sobiq sovet rejimiga qarshi 1918–1926 yillarda olib borilgan qurolli kurashning to‘rtta bosqichi: birinchi bosqich (1918–1919 yy.) harakatning yuzaga kelishi, ikkinchi bosqich (1920–1922 yy.) harakatning rivojlanishi va kuchayishi, viloyatning asosiy hududidan sovetlarning siqib chiqarilishi, uchinchi bosqich (1923–1924 yy.) qurolli kurashning pasayishi, to‘rtinchi bosqich (1925–1926 yy.) qarshilik harakatining tugatilishi aniqlangan;
qurolli harakat rahbarlari (Ochilbek, Bahrombek, Mulla Hamroqul, Xolbo‘tabek, Qoraqul, Ahmadbek, Asrorxon va boshqalar)ning o‘zaro uyushgan holda qizil armiya qismlariga to‘satdan zarba berish, kichik guruhlardan iborat otliq jangchilar bilan dushman garnizoniga hujum qilish kabi jang usullari birlamchi manbalar asosida ochib berilgan;
XX asrning 20-yillarida Samarqandda faoliyat olib borgan “Turkiston Milliy Birligi”, “Milliy ittihod” kabi siyosiy tashkilot a’zolari (Ahmad Zaki Validiy, Qori Komil, Qori Muhammad, Abdulhamid, Ozodbek va boshqalar¬)ning viloyatdagi sovet tuzumiga qarshi qurolli harakatga g‘oyaviy rahnamolik qilganligi dalillangan;
viloyatda sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borgan qo‘rboshi guruhlaridan tashqari, siyosiy tayanchga ega bo‘lmagan turli bosqinchi va jinoyatchi to‘dalar (Eshon Xo‘ja, Ashur, Toji, Kenja, Tog‘ay, Boymurod va boshqalar) ham bo‘lganligi faktik hujjatlar asosida aniqlangan, bunday talonchi to‘dalar bilan qo‘rboshi guruhlari o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik va umumiy jihatlar yo‘qligi birinchi bor isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyatidagi sovet rejimiga qarshi qurolli harakatga oid ilmiy natijalar, xulosa va amaliy takliflar asosida:
Turkiston ASSR, Samarqand viloyati va Farg‘ona vodiysida faoliyat olib borgan qo‘rboshilar, ularning jangovar harakatlari hamda ushbu davr tarixi va ijtimoiy-madaniy hayoti haqidagi yangi ma’lumotlar va materiallardan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyalarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 01-12-10-1646-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallarning muzey ekspozisiyalarida namoyish etilishi sayyohlar va mahalliy tashrifchilar qiziqishini yanada oshirib, 1918–1926 yillarning tarixiy va ijtimoiy-madaniy hayotiga oid yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkoniyat yaratgan;
Samarqand viloyatida sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning yuzaga kelishi, uning harakatlantiruvchi kuchlari, kurash tafsilotlari va qurolli harakatning engilish sabablarini yoritib beruvchi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va viloyatlardagi muzeylar ekspozisiyalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2019 yil 23 iyuldagi 115-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylariga tashrif buyurgan fuqarolarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
mintaqada 1917–1918 yillarda milliy-siyosiy tashkilotlar faoliyati, sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, qurolli harakatning boshlanishi, uning harakatlantiruvchi kuchlari, Farg‘ona va Samarqand qo‘rboshilarining siyosiy qarashlariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining «Adabiy muhit», «Ijod gulshani» ko‘rsatuvlari hamda «Andijon–FM» radiosining «So‘z sehri», «Badiiy ijod» nomli radioeshittirishlari ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 12 dekabrdagi 20-24/444-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlarni mazmunan mukammallashtirishga, ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish