Inoyatov Amrillo Shodievichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsonlari rivojlanish xavfining ekologik, klinik-immunologik omillari va ularning oldini olish», 14.00.36 – allergologiya va immunologiya; 14.00.21 – stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib445.
Ilmiy maslahatchilar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaeva, biologiya fanlari doktori; Azimov Muxammadjon Ismoilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti va Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib16.01.
Rasmiy opponentlar: G.A.Ismailova, tibbiyot fanlari doktori, professor; A.I.Xasanov, tibbiyot fanlari doktori, professor; A.A.Mamedov, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Moskva).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsonlari bor bolalarning tug‘ilish xavfi omillarini aniqlash, pregravidar profilaktika prinsiplarini ishlab chiqish, xeylo- va uranoplastikada immunoterapiyaning afzalligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro va Navoi viloyatlarida yashovchi ayollarning xomilasida tug‘ma nuqsonlarni rivojlanishi turli xil teratogen (ksenobiotiklar, yuqumli kasalliklar, dori vositalari va aralash) omillar ta’sirida kelib chiqishi aniqlangan;
aralash teratogen omillar ta’siridagi ayollar immun tizimida CD3+- va SD4+-limfotsitlar sonining pasayishiga moyilligi, killer hujayralari soni va yallig‘lanishga xos IL-1β, TNF-α, IL-6 sitokinlar miqdori ortishi xususiyati aniqlangan;
anamnezida infeksion omillari bor ayollar immun tizimida apoptozga xos reseptorli limfotsitlar va IFN-γ miqdorlarining o‘zaro muvofiq holda o‘zgarib borish tendensiyasi isbotlangan:
YuJSTN chaqaloqlarni tuqqan, ksenobiotiklar bilan aloqasi bo‘lgan ayollarning immun tizimi IL-4 va IL-6 sitokinlari miqdori nuqsonlarsiz tuqqan ayollarga nisbatan ishonarli ortishi aniqlangan va ksenobiotiklar tug‘ma nuqsonlar shakllanishida birlamchi omillardan ekanligi isbotlangan;
ilk bor ekologik noqulay mintaqada tug‘ilgan YuJSTN bolalarda CD3+-, CD4+- limfotsitlari soni va IFNγ – miqdorining ishonarli kamayishi xamda CD16+-hujayralar soni va IL-1β,TNF-α miqdorining ishonarli ortishi aniqlangan;
YuJSTN bolalarni operatsiyadan oldin va keyin derinat hamda polioksidoniy preparatlari bilan davolash - ijobiy klinik-immunologik dinamika va operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishiga asos ekanligi isbotlangan;
ilk bor ayollarni pregravidar tayyorlash maqsadida teratogen omillar turiga qarab immun tizim xolati muvozanatini ta’minlovchi, xomila shakllanishini me’yorlashtiruvchi, immunokorregirlovchi kompleks davo sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi: Yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsonlari rivojlanish xavfining ekologik, klinik-immunologik omillari va ularning oldini olish yuzasidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro viloyati ona va bola skrining markazi, Buxoro viloyati perinatal markazi va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 29 yanvardagi 8n-3/39-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar bolalikdan erta nogironlikni oldini olish, davolash samaradorligini oshirish, yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsonlari bilan tug‘ilish chastotasini kamaytirish, shifoxonada davolanish kunini uronoplastika operatsiyasidan keyin 22% ga, xeyloplastika operatsiyasidan keyin 29% ga kisqartirish imkonini yaratgan.