Nasirdinova Yorkinoy Abdumuxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek fol`klori va mumtoz adabiyoti namunalari fransuz tilida (Remi Dor tarjimalari asosida)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.RhD/Fil158.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Muhammadjon Nurkasimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori; Shirinova Raima Xakimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Remi Dor tomonidan fransuz tiliga tarjima qilingan o‘zbek fol`klori va mumtoz adabiyoti namunalarini qiyosiy tadqiq qilish hamda tarjimon mahoratini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz sharqshunosligida shakllangan o‘zbek adabiyoti tadqiqi borasida bajarilgan ilmiy tadqiqot va tarjimachilik ishlarini birinchi marta kompleks tahlil qilish natijasida sharqshunoslarning adabiy jarayonini haqqoniy yoritishga qaratilgan ilmiy qarashlari ochib berilgan;
«Nurali» dostonining fransuzcha tarjimasi birinchi marta asliyat bilan qiyosiy o‘rganilishi natijasida epik turga xos «saj’» san’ati fransuz nasrining «poéme prose» janriga muvofiq kelishi asoslangan;
o‘zbek eposiga xos bo‘lgan barmoq she’riy vazni tarjimada fransuz sillabik she’r tizimidagi muqobil varianti asosida berilganligi isbotlangan;
o‘zbek bolalar tez aytishlarining logopedik jihati bo‘lgan tovushdoshlik xossalarini fransuz tilida fonetik jihatdan qayta yaratishning imkoniyatlari mavjudligi dalillangan;
mumtoz adabiyot janri bo‘lgan «muammo» san’ati fransuz adabiyotidagi «enigma», «logogrif» kabi janrlar bilan qiyoslanganda ularning semantik jihatdan o‘xshash va shaklan farqliligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek fol`klori va mumtoz adabiyotini fransuz tilidagi badiiy aksini tadqiq etish jarayonida olingan xulosa va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek fol`klori va mumtoz adabiyotini fransuz tiliga tarjima qilishda Remi Dorning tarjimonlik mahoratini o‘rganish bilan bog‘liq natijalardan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, madaniy va ta’limiy hamkorlik bo‘limi ilmiy faoliyatida foydalanilgan (Fransiya elchixonasining 2018 yil 18 maydagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish o‘zbek-fransuz adabiy aloqalari taraqqiyotiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mustaqillik yillari o‘zbek-fransuz adabiy aloqalari taraqqiyotini tadqiq etish davomida olingan natijalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va tarjima bo‘limining ilmiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 31 maydagi 01-03/680-son ma’lumotnomasi). Natijalar hozirgi kunda sharqshunoslik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan fransuz olim, tarjimon hamda tadqiqotchilar bilan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida ijodiy hamkorlik o‘rnatishga xizmat qilgan;
«Nurali» o‘zbek xalq dostonining fransuz tiliga tarjimasi bilan bog‘liq natijalardan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi tarixiy fondini boyitishda hamda ekspozisiyalarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 1 maydagi 01-11-08-3895-son ma’lumotnomasi). O‘zbek xalq dostonining fransuz tiliga tarjimasiga oid ma’lumotlar muzey tarixiy fondini adabiy manbalar bilan boyitishga hamda horijiy sayyohlarga o‘zbek fol`klori haqida ma’lumot olishlariga xizmat qilgan;
tez aytish va maqollar tarjimasi hamda ularga doir natijalardan Andijon viloyati teleradiokompaniyasining «Ijod gulshani», «Kichkintoy», «Ma’naviyat sarchashmasi» kabi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 5 apreldagi 20-21/17-son ma’lumotnomasi). O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan o‘zbek tez aytish va maqollarining ikki tilda – fransuz hamda o‘zbek tillarida ijro etilishi, ularning chet tilini o‘rganishdagi pedagogik ahamiyatiga oid tadqiqot natijalarining bayoni ko‘rsatuv va radioeshittirishlarning mazmunli tayyorlanishiga, ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyatini oshishiga xizmat qilgan.