Aripov Zakir Taxirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arab musiqa terminlari tizimining shakllanishi va taraqqiyoti (X–XV asrlar O‘rta Osiyo olimlarining musiqashunoslikka oid asarlari asosida)», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Fil132.
Ilmiy maslahatchi: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Uvatov Ubaydulla, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori; Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klassik arab musiqashunoslik terminlarining shakllanish bosqichida yaratilgan manbalarni va terminlarni tadqiq etish hamda bu ishlarni X–XV asrlar markaziy osiyolik olimlarning musiqashunoslikka doir asarlari vositasida amalga oshganini dalillash, musiqashunoslikning klassik davrida arabcha terminlarning yasalish usullari, tanlanish va bayon etish prinsiplarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klassik arab tilidagi musiqashunoslik terminlari tizimining shakllanish va taraqqiyotida hamda musiqashunoslikning fan sifatida paydo bo‘lishida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Mansur ibn Zayla, Abu Abdulloh Xorazmiy kabi X–XV asrlar Markaziy Osiyo olimlari qalamiga mansub musiqashunoslikka oid asarlarning fundamental o‘rni dalillangan;
klassik arab tilidagi musiqashunoslik terminlari tizimining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari hamda har qaysi bosqichdagi musiqashunoslik asarlarida aks etgan musiqa terminlarining semantikasi va funksiyasi aniqlangan;
klassik arab tilidagi musiqashunoslik terminlarining yasalish usullari hamda ularning yozma adabiy til talablari asosida tanlanish prinsiplari asoslangan;
klassik arab tilidagi musiqa terminlarining genezisi va tarixiy takomili, ularning terminologik tizimga ta’siri, ushbu terminlarning mahalliy tillarga o‘rnashib qolish jarayonlari isbotlangan;
Markaziy Osiyo musiqashunosligi klassik davrining yuqori va quyi bosqichlarining xususiyatlari asoslangan hamda mazkur davrlarda yaratilgan asarlardagi terminlar tizimi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
X–XV asrlar O‘rta Osiyo olimlarining Markaziy Osiyo xalqlari musiqa terminlari tizimining shakllanishi va taraqqiyotiga oid tadqiqot natijalari asosida:
Ibn Zayla, Bilol ibn Ruboh Habashiy ilmiy merosi bo‘yicha olingan natijalar «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»ning 2 va 5-jildlarini nashr etishda foydalanilgan («O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat nashriyotining 2004 yil 2 dekabrdagi 01/3-29-son ma’lumotnomasi). Natijada «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»ning 2 va 5-jildlaridagi Bilol ibn Ruboh Habashiy, Ibn Zayla so‘z-maqolalarining chop etilishiga asos bo‘lgan;
klassik arab tilidagi musiqashunoslik terminlari tizimining shakllanish va taraqqiyot bosqichlariga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ilmiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 01-05-769-son ma’lumotnomasi). Natijada konservatoriyada o‘tiladigan musiqa va maqom tarixi va nazariyasiga oid fanlarning dasturini tuzishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
arab tilidagi mustaqil musiqashunoslik fanining paydo bo‘lishi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy maqom san’ati markazida foydalanilgan (O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasining 2018 yil 31 iyuldagi 147-son ma’lumotnomasi). Natijada X–XV asrlarda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Mansur ibn Zayla, Abu Abdulloh Xorazmiy kabi allomalarnnng mustaqil musiqashunoslik fanining paydo bo‘lishida qo‘shgan hissasini ko‘rsatishga asos bo‘lgan;
Sharq xalqlari musiqasi, tanbur, g‘ijjak, ud, qonun, nay, maqom tarixidan mavzulari bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi «Musiqa» direksiyasi tomonidan turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Musiqa» direksiyasining 2005 yil 10 fevraldagi MD 05/87-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharq xalqlari musiqasi, tanbur, g‘ijjak, ud, qonun, nay, maqom tarixidan mavzulari bo‘yicha alohida ko‘rsatuvlar tayyorlanishiga va ularni mazmunan tomoshabop bo‘lishiga asos bo‘lgan;
«Shashmaqom» va uning tarmoqlari hamda sharq musiqiy sozlari bilan bog‘liq xulosalardan Yunus Rajabiy uy-muzeyida tashkil etilgan ekspozisiyani shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Yunus Rajabiy uy-muzeyi ma’lumotnomasi). Natijada Yunus Rajabiy uy-muzey zalidagi ekspozisiyaning mazmunan boyishiga, ud, qonun, nay va tanbur sozlarini takomil yo‘lini ko‘rsatishda manba bo‘lib xizmat qilgan.