Sayt test rejimida ishlamoqda

Yusupova Dildora Dilshatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turkistonda diniy-siyosiy vaziyatning falsafiy-konseptual tahlili (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)», 07.00.04–Dinshunoslik (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1. PhD/Fal153.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.26.04.2018.Isl/Tar.57.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlari doktori, professor; Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi diniy-siyosiy vaziyatni  birlamchi manbalar asosida  tarixiy-retrospektiv planda falsafiy nuqtai nazardan o‘rganib, uning zamonaviy o‘zbek jamiyatidagi transformatsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston ijtimoiy-madaniy hayotida XIX asr oxiridagi an’anaviy gender munosabatlarining XX asr boshlaridagi transformatsiyasi diniy-siyosiy vaziyat fonida sodir bo‘lgani asoslab berilgan;
diniy vaziyat va diniy-siyosiy vaziyat kategoriyalarining konstruktiv muhitni yuzaga keltirish bilan bog‘liq mahalliy din va mustamlaka siyosati kesishuvida namoyon bo‘luvchi hamda siyosiy ziddiyatlarni paydo qiluvchi diniy-tarixiy jihatlari ochib berilgan;
ekstremizm, ekstremistik guruh, ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq diniy-siyosiy vaziyatning vujudga kelishidagi desekulyarizatsion xususiyatlar va uning siyosiy taranglik, ijtimoiy beqarorlik ko‘rinishidagi oqibatlari ko‘rsatib berilgan;
diniy va milliy qadriyatlarning vorisiylik tamoyili asosidagi taraqqiyoti diniy vaziyat barqarorligini belgilovchi fenomen ekanligi to‘y va dafn marosimlari misolida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turkistonda diniy-siyosiy vaziyatning falsafiy-konseptual tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Turkiston ijtimoiy-madaniy hayotida XIX asr oxiridagi an’anaviy gender munosabatlarining XX asr boshlaridagi transformatsiyasi diniy-siyosiy vaziyat fonida sodir bo‘lganligining ilmiy tahlili natijalaridan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining axborot-tahliliy materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2019 yil 24 maydagi 05/610-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni yanada oshgan va ularning jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishi hamda davlat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishiga imkoniyatlar yaratib berilgan;
diniy vaziyat va diniy-siyosiy vaziyat kategoriyalarining konstruktiv muhitni yuzaga keltirish bilan bog‘liq mahalliy din va mustamlaka siyosati kesishuvida namoyon bo‘luvchi hamda siyosiy ziddiyatlarni paydo qiluvchi diniy-tarixiy jihatlari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ish rejasining 4-bandida keltirilgan «Jaholatga qarshi ma’rifat shiori ostidagi dasturning 9-bandini tayyorlashda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 27 iyundagi  02-01/398-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturning falsafiy mazmuni boyib, aholining mafkuraviy immuniteti oshishiga xizmat qilgan;
ekstremizm, ekstremistik guruh, ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq diniy-siyosiy vaziyatning vujudga kelishidagi desekulyarizatsion xususiyatlar va uning siyosiy taranglik, ijtimoiy beqarorlik ko‘rinishidagi oqibatlarini o‘rganishning ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 30 iyuldagi O‘RQ-489-son «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqish  jarayonida hamda ushbu Qonunning 1-bobi 3,4,5-moddalari, 2-bobi 9,11,13-moddalari, 3-bobi 15-moddasi, 4-bobi 17,18,19, 20-moddalarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining 2018 yil 24 sentyabrdagi 06/2-06/978-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar ekstremizmga moyil kishilar diniy tafakkur saviyasining ijobiy tomonga o‘zgarishiga xizmat qilgan;
ekstremizm, ekstremistik guruh, ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq diniy-siyosiy vaziyatning vujudga kelishidagi desekulyarizatsion xususiyatlar va uning siyosiy taranglik, ijtimoiy beqarorlik ko‘rinishidagi oqibatlarining ilmiy-nazariy tahlili xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 18 yanvardagi 2300-III/QQ-492-III-son qo‘shma qarori ijrosini amalga oshirish maqsadida O‘zXIAning davlat va diniy e’tiqod erkinligi sohasidagi taklif va tavsiyalarini berish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning sakkizinchi bo‘limi, «Diniy ta’lim amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy axborotlarini tayyorlash»da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 26 iyuldagi 4313-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy ta’lim amaliyotining metodologik asoslari kuchaygan va yoshlarning ekstremistik tahdidlarga qarshi kurashuvchanlik darajasi oshishiga imkon yaratilgan;
diniy va milliy qadriyatlarning vorisiylik tamoyili asosidagi taraqqiyoti diniy vaziyat barqarorligini belgilovchi fenomen ekanligi to‘g‘risidagi materiallardan «Yoshlar» radiokanalining «Oqshomga qadar», «Dars» hamda «Yoshlar mehmonxonasi» dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» teleradiokanali aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 25 iyundagi 14-03-227-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirish mazmunining nazariy saviyasi oshgan hamda yoshlar dunyoqarashining kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish