Jumanov Ziyadulla Eshmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qon yo‘qotish oqibatidagi o‘lim holati postmortal davrining turli muddatlarida bosh miya nerv va qon tomir strukturasining morfologik xususiyatlari» 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib809.
Ilmiy rahbar: Indaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori; Ruziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Karag‘anda tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ommaviy qon yo‘qotishning gemorragik shok bilan asoratlangan o‘lim postmortal davrining turli muddatlarida bosh miya nerv va qon tomirlari strukturasi o‘zgarishlarida tanatogenezni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor massiv qon yo‘qotish va massiv qon yo‘qotishning gemorragik shok bilan asoratlanishi oqibatidagi o‘limda bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i va uzunchoq miyada tanatogenezning namoyon bo‘lishi postmortal davr muddatlarida farq qilmasligi asoslangan;
postmortal davr davomiyligi oshganda bosh miya po‘stlog‘i va uzunchoq miyadagi destruktiv o‘zgarishlar neyronlar miqdori oshishi, qon tomir komponenti, shuningdek perineyronal va perivaskulyar bo‘shliqlar ham postmortal davr davomiyligi bilan bog‘liq jarayonlar isbotlangan;
tajribada massiv qon yo‘qotishdan o‘ldirilgan kalamushlarda tanatogenezning namoyon bo‘lishining saqlanishini aks ettiruvchi perineyronal va perivaskulyar bo‘shliqlarning kengayishi va postmortal davrning davomiyligi bilan bog‘liq bosh miya, uzunchoq miyada destruktiv o‘zgarishga uchragan neyron va qon tomirlar soni ko‘payishi isbotlangan;
postmortal davrning turli muddatlarida tanatogenezni baholash mezonlari sifatida bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i va uzunchoq miyada perineyronal va perivaskulyar bo‘shliqlar nisbatidan foydalanish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qon yo‘qotish oqibatidagi o‘lim holati postmortal davrining turli muddatlarida bosh miya nerv va qon tomir strukturasining morfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar aosida:
«Bosh miya nerv va qon tomir strukturasini tekshirish asosida massiv qon yo‘qotish tanatogenezini aniqlash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 8n-r/166-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sud tibbiyot amaliyotida bosh miya nerv va qon tomir strukturasini tekshirish asosida massiv qon yo‘qotish tanatogenezini baholash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Gemorragik shok tanatogenezini baholash uchun bosh miya nerv va qon tomirlari strukturasini sud-gistologik tekshirish uslubi» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 maydagi 8n-r/172-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gemorragik shok tanatogenezini boholashda bosh miya asab va qon tomirlari tuzilishini sud-gistologik tekshirish uslubi asosida gemorragik shokni baholash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
qon yo‘qotish oqibatidagi o‘lim holati postmortal davrining turli muddatlarida bosh miya nerv va qon tomir strukturasining morfologik xususiyatlarini baholashning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatlari sud-tibbiy ekspertiza markazlarining sud tibbiy amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8n-z/99-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bosh miyaning nerv va qon tomir strukturasini o‘rganish asosida massiv qon yo‘qotish va gemorragik shok tanatogenezini baholash imkoniyatini samaradorligini oshirish imkonini bergan.