Soy Igor` Arsen`evichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anemiya bilan birga DKMP mavjud bemorlarda kardiorenal bog‘liqlik va farmakoterapiya imkoniyatlari», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib723.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antianemik farmakoterapiyani samaradorligini baholash bilan birga dilatatsion kardiomiopatiya mavjud bemorlarda kardiorenal tuzilmasida kamqonlikning klinik-funksional va prognostik ahamiyatini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dilatatsion kardiomiopatiya mavjud bemorlarda kamqonlik uchrash chastotasining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor dilatatsion kardiomiopatiya mavjud bemorlarda kamqonlikning yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlariga va surunkali yurak etishmovchiligi funksional sinfiga salbiy ta’siri, qondagi Hb darajasi va buyraklarning fil`tratsion qobiliyati o‘rtasidagi to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor dilatatsion kardiomiopatiya mavjud bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining standart terapiyasi tarkibida antianemik preparatlarning solishtirma ta’siri aniqlangan;
ilk bor kamqonlik va buyrak funksiyasining buzilishi bilan kechuvchi, dilatatsion kardiomiopatiya mavjud bemorlarning hayot sifatiga salbiy ta’siri, hamda noxush prognoz prediktorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kamqonlik bilan birga dilatatsion kardiomiopatiya mavjud bemorlarda kardiorenal bog‘liqlik va antianemik farmakoterapiya samarasini baholash imkoniyatlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
«Dilatatsion kardiomiopatiya bilan shartlangan SYuE mavjud bemorlarda kamqonlikni davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 apreldagi 8n-p/132-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanomada keltirilgan ma’lumotlarni amaliyotga joriy etilishi anamnestik, klinik ma’lumotlar umumklinik va standart biokimyoviy qon tahlillari kabi ommabop klinik tadqiqot usullaridan foydalanilgan holda, asosiy etiopatogenetik omillarning baholash kamqonlikni o‘z vaqtida tashxislash imkonini bergan;
kamqonlik bilan birga dilatatsion kardiomiopatiya mavjud bemorlarda kardiorenal bog‘liqlik va antianemik farmakoterapiya samarasini baholash imkoniyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent va Jizzax viloyatlari kardiodispanserlari klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8n-z/117-son ma’lumotnomasi). Tatbiq natijalari DKMP mavjud bemorlarda kamqonlik diagnostikasini optimallashtirishga yordam berib, standart davo fonida temir preparatlari va eritropoetinni qo‘llanilishi, hayot sifatini yaxshilashga, qayta gospitalizatsiyalar sonini va asoratlar rivojlanishini kamaytirishga imkon bergan.