Sayt test rejimida ishlamoqda

Muminova Sevara Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atopik dermatit rivojlanishi va kechishida ba’zi sitokin genlari polimorfizmining klinik-prognostik ahamiyati», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib247.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Saidqosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atopik dermatit shakllanishi va klinik kechishida IL4 (590S/T), IL4R (Gln551Arg) va NOS1 (G-84A) genlarining polimorfizmlari ahamiyatini aniqlash va olingan natijalar asosida kasallikning takomillashtirilgan immunmodulyasiyalovchi davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizda o‘zbek millatiga mansub AD bilan kasallangan bemorlarda sitokin geni IL-4 va uning reseptorlarini IL4RA mutant (patologik) va yovvoyi (normal) allellarini tekshirish test-sistemalari qo‘llanilishining metodologik asoslari takomillashtirilgan;
o‘rganilgan genetik markyorlar: sitokin geni IL-4 va uning reseptori IL4RA haqqoniy ravishda AD kassaligi bilan assotsiatsiyalashganligi isbotlangan;
AD bilan xastalangan bemorlarning patologik (mutant) allel` va genotip tashuvchilarida kasallikning og‘ir kechish xavfi normal genotip tashuvchilariga nisbatan bir necha barobar ortganligi aniqlangan;
sitokin IL-4 genining 590C>T polimorfizmi va IL4RA genining Gln551Arg polimorfizmi tekshirilgan shaxslarda ushbu genlarning mutant genotiplari uchrash chastotasi atopik dermatit xastaligi rivojlanish xavfining (odds ratio-OR) bir necha barobar ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
AD bilan og‘rigan bemorlarda molekulyar-genetik va immunologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan kompleks davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Atopik dermatit bilan xastalangan bemorlarda endogen zaharlanishni davolash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05171, 2016 y). Ixtironing taklif etilgan usullari tashxislash va davolashning takomillashtirilgan usullarining sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratgan;
“Atopik dermatit klinik kechishining og‘irlik darajasini tashxis orqali aniqlash usuli”ga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05508, 2017 y). Ixtironing taklif etilgan usullari tashxislash, AD og‘ir darajasi rivojlanishini oldindan prognozlashni yaxshilashga imkon bergan;
AD diagnostikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasining dermatologiya bo‘limi hamda Buxoro viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 8n-d/71-son ma’lumotnomasi). Atopik dermatit diagnostikasining yangi usulini qo‘llash natijasida kasallik davolanishining samaradorligini 1,98 marotaba ortishiga olib kelgan. Patogenetik terapiya kiritilishining iktisodiy ta’siri kasallik qaytalanishining 4,5 marotaba kamayishidan iborat bo‘lib, bu AD bemorlarining yiliga 2 marotaba bo‘ladigan moliyaviy xarajatlarining qisqarishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish