Sayt test rejimida ishlamoqda

Israilov Xikmatjon Tuygunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Residivlanuvchi genital uchuqning klinik-immunpatogenetik xususiyatlarini o‘rganish asosida davolash usulini yaratish», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib65.
Ilmiy maslahatchi: Nabiev Talat Abduvahobovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Kaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ziyodullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: residivlanuvchi genital uchuqning etiopatogenetik rivojlanish mexanizmlari, immunologik tavsifi va klinik kechishini kompleks o‘rganish asosida davolash usulini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor genital uchuqning residivlanuvchi shakllarini klinik kechishi aniqlangan;
immun tizimining hujayraviy va gumoral bo‘g‘inlari hamda organizmning nospesifik himoya ko‘rsatkichlari (IL-2, 4, TNF-α va IFN- α, γ)dagi nomutanosiblikning rivojlanganlik darajasi aniqlangan;
genital uchuq bilan og‘rigan bemorlarda sitokinlarning (SD3, CD4ning kamayishi, SD19ning faollashishi, Ig A, M, G va AYuIKlarning oshishi) nomutanosibligi, keyinchalik immuntanqislikni shakllanishi bilan namoyon bo‘luvchi immunkompetent hujayralarning hujayralararo o‘zaro ta’sir samarasining pasayishi aniqlangan;
RGU bilan og‘rigan bemorlar qon zardobida TNF-α ni yuqori va IL-2, 4 larning past fon darajasi bir tomondan OUV-1/2ning to‘liq bo‘lmagan eradikatsiyasini, ikkinchi tomondan – virusga qarshi immun javobning muhim bo‘g‘inlarini amalga oshirishini ifodalashi isbotlangan;
residivlanuvchi genital uchuqning immunpatogenetik davolash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Residivlanuvchi genital uchuqning klinik-immunpatogenetik xususiyatlarini o‘rganish asosida davolash usulini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Genital uchuqning residivlanuvchi shakllarini davolashning takomillashtirilgan usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 3 oktyabrdagi 8n–d/29-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma residivlanuvchi genital uchuq bilan og‘rigan bemorlarni davolashda takomillashgan zamonaviy davo usullarini qo‘llashga xizmat qilgan;
residivlanuvchi genital uchuqni davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari teri-tanosil dispanserlari poliklinikalarining amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 3 oktyabrdagi 8n–d/29-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshiradi, shuningdek, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali residivlanuvchi genital uchuq bilan og‘rigan bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarning ambulator sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish