Sayt test rejimida ishlamoqda

Djambekova Gul`nara Suleymanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Respirator allergiya profillarining molekulyar sistematizatsiyalash va mul`tipleks analiz asosida O‘zbekiston aholisining sensibilizatsiya pasportini ishlab chiqish», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib382.
Ilmiy maslahatchi: Aripova Tamaraxon Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.30.08.2018.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazarov Azadbek Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fedoskova Tat`yana Germanovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi).
Etakchi tashkilot: Belorussiya dimlomdan keyingi ta’lim tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respirator allergiya profillarining molekulyar sistematizatsiyalash va mul`tipleks analiz asosida O‘zbekiston aholisining sensibilizatsiya pasportini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘simliklar changi allergenlari molekulalariga turli tizimli sensibilizatsiyasiga bog‘liq patternlari (boshoqli o‘tlar, daraxtlar yoki yovvoyi o‘tlarga chin mono sensibilizatsiya; boshoqli o‘tlar va darxtlar, boshoqli o‘tlar va yovvoyi o‘tlar, yovvoyi o‘tlar va daraxtlarga chin kombinatsiyali kosensibilizatsiya; boshoqli o‘tlar, yovvoyi o‘tlar va daraxtlar changiga kesishgan sensibilizatsiya) aniqlangan;
ilk bor respirator allergiyali bolalarda yillik (Fel d1 va Alt a1) va mavsumiy (Phl p1 va Cyn d1) astma prediktorlari molekulalariga nisbatan spesifik antitelolar miqdori ortishining yoshga bog‘liq assotsiatsiyasi isbotlangan;
respirator allergiyali bemorlarda mushuk allergen major molekulasiga (Fel d1) mono sensibilizatsiya darajasining kuchayishi uy hayvonlarini saqlash va parvarishlash sharoitiga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor respirator allergiyali bemorlarda chang allergenlariga sensibilizatsiyasi o‘simliklar landshaftining o‘zgarishi bilan bog‘liq spesifik IgE miqdorining yapon kedri, kiparis va bermud o‘tiga (Cry j1, Cup a1, Cyn d1) ortishi hamda yovvoyi o‘tlarga (Sal k1) kamayishi bilan isbotlangan;
respirator allergiyali ayollarda o‘simlik changi LTP oqsillari (Pla a3, Art v3) va profilinlarga (Phl p12, Bet v2, Mer a1) nisbatan spesifik IgE miqdori erkaklarga nisbatan yuqoriligi, zaytun daraxti changi major molekulasiga (Ole e1) sezuvchanlik faqat ayollarda uchrashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respirator allergiyalar profilining molekulyar sistematizatsiyasi va mul`tipleks tahlil asosida O‘zbekiston fuqarosining sensibilizatsiya pasportini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Polivalent sensibilizatsiyada bronxial astmani tashxislash prinsiplari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 maydagi 8n-d/112-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma polivalent sensibilizatsiyada bronxial astmani erta tashxislash va o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallikning residivlarini oldini olishga xizmat qilgan;
«Oziq-ovqat allergiyasi va oziq-ovqatni ko‘tara olmaslikni tashxislash prinsiplari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 maydagi 8n-d/112-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oziq-ovqat allergiyasi va oziq-ovqatni ko‘tara olmaslikni differensial tashxislash va o‘z vaqtida individual parhez dasturini ishlab chiqish imkonini bergan;
respirator allergiyalar profilining molekulyar sistematizatsiyasi va mul`tipleks tahlil asosida O‘zbekiston fuqarosining sensibilizatsiya pasportini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Markaziy tibbiy boshqarmaning 1- va 2-markaziy klinik-tashxislash poliklinikasi, Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi davolash-profilaktika markazi hamda Toshkent shahar o‘smirlar dispanseri amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8n-z/119-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar respirator allergiyalar bilan kasallangan bemorlarda erta tashxislash va davolashning yangi usullari qo‘llash orqali tibbiy yordam sifatini oshirish, remissiya davrini uzaytirish, asoratlar foizini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash, mehnatga layoqatsizlik davomiyligini kamaytirish bilan iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish