Paluashova Gauharay Qalbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amudaryo quyida g‘o‘zani egatlab sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish yo‘li bilan tuproqning tuz rejimini boshqarish usullari», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T136.
Ilmiy rahbar: Shirokova Yuliya Illarionovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori; Norqulov Usmon Norqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: UzGIP MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: takomillashtirilgan egatlab sug‘orish texnologiyalarini qo‘llashda aeratsiya zonasida tuproqning tuz rejimini tartibga solishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“qarama-qarshi sug‘orish” va “egat oralatib sug‘orish”ning takomillashtirilgan usullarining sug‘orish parametrlari va suv tejash ko‘rsatkichlari eksperimental tadqiqotlar asosida aniqlangan;
dalaning suv-tuz rejimiga “qarama-qarshi sug‘orish” va “egat oralatib sug‘orish” texnologiyalarini qo‘llash ta’sirini aeratsiya zonasida namlik va tuzlarning ko‘chishi qonuniyatlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
gidromorf sharoitda g‘o‘zaning sug‘orish muddatlarini aniqlash usuli tuproq sho‘rlanishi va tuproq namligining osmotik bosimini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
sug‘oriladigan dala tuprog‘ining suv-tuz rejimini boshqarish usullari balans ko‘rsatkichlari o‘zgarishining bashorati va modellashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo daryosining quyi qismidagi erlarda tuproqning tuz rejimini tartibga solish usullari va g‘o‘zani takomillashgan egatlab sug‘orish texnologiyalari tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“qarama-qarshi sug‘orish” va “egat oralatib sug‘orish”ning takomillashtirilgan usullarining sug‘orish parametrlari va suv tejash ko‘rsatkichlari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi irrigatsiya tizimlari va suv iste’molchilar uyushmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 avgustdagi 02/15-740-son ma’lumotnomasi). Natijada vegetatsiya davrida suv resurslarini 25–33,5% gacha iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan;
dalaning suv-tuz rejimiga “qarama-qarshi sug‘orish” va “egat oralatib sug‘orish” texnologiyalarini qo‘llash ta’sirini aeratsiya zonasida namlik va tuzlarning ko‘chishi qonuniyatlari, gidromorf sharoitda g‘o‘zaning sug‘orish muddatlarini aniqlash usuli, tuproq sho‘rlanishi va tuproq namligining osmotik bosimi, sug‘oriladigan dala tuprog‘ining suv-tuz rejimini boshqarish usullari balans ko‘rsatkichlari o‘zgarishining bashorati va modellashtirish meliorativ ob’ektlarini loyihalash uchun Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “UzGIP MChJ” institutiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 avgustdagi 02/15-740-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallarini qo‘llashda, meliorativ ob’ektlarni rekonstruksiya qilish loyihalarida, erlarning meliorativ holatini yaxshilash kabi imkoniyatlar yaratilgan;
tuproq sho‘rlanishi va tuproq namligining osmotik bosimi asosida “qarama-qarshi sug‘orish” texnologiyasi va gidromorf sharoitda g‘o‘zaning sug‘orish muddatlarini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Xorazm viloyatining Xonqa tumani ISMITIning tajriba xo‘jaligiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 avgustdagi 02/15-740-son ma’lumotnomasi). Natijada “qarama-qarshi” sug‘orishni qo‘llashda dalaning bir tekisda tuproqning ustki qatlamini tuzsizlantirish va namlantirish hisobiga dalaning qo‘yi qismida mavsumiy sho‘rlanishni 10 dS/m gacha kamaytirishga, suv hajmini 1000 m3/ga gacha va sho‘r yuvishda 3000–4000 m3/ga gacha qisqartirgan, qo‘shimcha paxta hosildorligini 7 sentnerdan oshishi imkoniyati yaratilgan.