Mengliev Shaydulla Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qisilmaydigan yopishqoq suyuqlik harakatini spektral-to‘r metodi yordamida modellashtirish», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T999.
Ilmiy rahbar: Normurodov Chori Begalievich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Xadjaev Ismatullo Kushaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nazirova Elmira Shodmonkulovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrodinamik tizimlarni matematik modellashtirish, spektral-to‘r metodi algoritmi va kompyuter dasturini ishlab chiqish hamda betartib (turbulentsimon) oqimlarni, laminar (tartibli) oqimlarga aylantirishga imkon beradigan qurilma yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chegaraviy qatlam va trubada qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatini tavsiflovchi adekvat matematik model ishlab chiqilgan;
spektral-to‘r metodi asosida sonli algoritmi va kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;
chegaraviy qatlamda bosim gradientining turli qiymatlarida asosiy oqim profiliga mos neytral turg‘unlik egri chiziqlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
laminar oqimning turbulent oqimga aylanishini ta’minlaydigan Reynol`ds sonining kritik qiymatlarini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
betartib suv oqimlarida trubadagi qarshilik koeffisientining Reynol`ds soniga bog‘liqligini tadqiq etish natijasida bunday oqimlarni laminar (tartiblashtirilgan) oqimga aylantirish qurilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Trubada qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatidagi betartib oqimni laminar holatga keltirish jarayonida olingan natijalar asosida:
trubada qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatidagi betartib oqimni laminar holatga keltirish qurilmasi Surxondaryo viloyati «Surxon sanoat qurilish» kompaniyasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 maydagi 02/07-3-248-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniya tomonidan yaratilgan saylgohlarda, oromgohlarda va istirohat bog‘larida foydalaniladigan suv inshootlarida suv zaxiralarining tejalishiga hamda 10–15% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
trubada qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatidagi betartib oqimni laminar holatga keltirish qurilmasi Toshkent viloyati «Mustaqillik paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 maydagi 02/07-3-248-son ma’lumotnomasi). Natijada ekin maydonlari nasos orqali sug‘oriladigan fermer xo‘jaliklari paxta dalalari va ekinzorlarida qo‘llanilib, suv zaxiralarining tejalishiga hamda 8–10% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
trubada qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatidagi betartib oqimni laminar holatga keltirish qurilmasi «Surxonnasosta’mir» DUKda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 maydagi 02/07-3-248-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona tomonidan suv inshootlaridagi nasos stansiyalari faoliyatidan unumli foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish