Sayt test rejimida ishlamoqda

Turakulov Jaxongir Ulugbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kal`siy atsetatining ayrim amidli, nikotin va benzoy kislotali koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishi va qo‘llanilishi», 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K31.
Ilmiy rahbar: Azizov Toxir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kal`siy atsetatining ayrim amidli, nikotin va benzoy kislotalari bilan yangi koordinatsion birikmalarini sintez qilish, ularning tarkibi, tuzilishi hamda xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kal`siy atsetatining 54 ta yangi ayrim amidli, nikotin va benzoy kislotali aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintez qilingan;
rentgenfazoviy tahlil va IQ-spektroskopiya usullari yordamida sintez qilingan birikmalarning individualligi, ligandlar va atsetat anionining markaziy ionga nisbatan koordinatsiyalanishi aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning termik xossalari aniqlangan va termolizning oraliq mahsulotlari identifikatsiyalangan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida sintez qilingan birikmalarning energetik parametrlari, atomlarda zaryadlar taqsimlanishi, geometriyasi va reaksion qobiliyati aniqlangan;
g‘o‘za o‘simligini o‘sishini tezlashtiruvchi va paxta hosildorligini oshiruvchi yangi samarali stimulyatorlar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kal`siy atsetatining bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
SaAKTK stimulyatorining biologik faolligi Samarqand seleksiya, urug‘chilik va paxta etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy-tekshirish instituti maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 9 yanvardagi 02-023-7-son ma’lumotnomasi). Natijada SaAKTK stimulyatori bilan ishlov berilganda, chigitning unib chiqish muddatini 5–7 kunga, paxtaning ochilish muddatini 7–10 kunga qisqartirish va hosildorlikni 10–15% ga oshirish imkonini bergan;
yangi sintez qilingan stimulyatorning biologik faolligi Samarqand seleksiya, urug‘chilik va paxta etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy-tekshirish instituti maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 9 yanvardagi 02-023-7-son ma’lumotnomasi). Natijada SaAKTK stimulyatori bilan ishlov berilganda, suvning transpiratsiya jarayonini 15–20% ga kamaytirish imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks birikmalardan FA-F7-010 raqamli «Nanostrukturali fojazit tipidagi seolitlar panjarasi yuzasida ion-molekulyar klasterlarni energetikasi, tuzilishi va joylashishi» mavzusidagi fundamental loyihasida kompleks birikmalarning faol biologik xususiyatlari nanostrukturali fojazit tipidagi seolitlar panjarasi yuzasida ion-molekulyar klasterlarni energetikasi, tuzilishi va joylashishi aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 30 noyabrdagi 4/1255-3139-son ma’lumotnomasi). Natijada tiokarbamidli kompleks birikmalar bog‘lar uzunligi va atomlardagi zaryadlarning taqsimlanishini hisoblash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish