Raximova Gulrux Qo‘rqmasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘sadigan torbargli Ivan-choy o‘simligini farmakognostik o‘rganish», 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Far8.
Ilmiy rahbar: Komilov Xojiasror Masudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Aminov Sobir Nigmatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: torbargli Ivan-choy er ustki qismini fitokimyoviy usullarda aniqlash va standartlash hamda uning asosida prostata bezi kasalliklarini davolash uchun yallig‘lanishga qarshi kompozisiyani yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda o‘sadigan torbargli Ivan-choy er ustki qismining kimyoviy tarkibi aniqlangan, uning biologik faol moddalari asosiy guruhlarining tabiati va miqdori belgilangan;
Ivan-choy er ustki qismidan 7 ta flavonoidli birikma – kempferol, kversetin, mirisetin, izoramnetin, giperozid, izoramnetin-7-o-β-rutinozid, rutin, kumarinlar-gerniarin, umbelliferon, ikkita fenolkarbon kislotasi-dezoksikumar va o-oksikumar kislotalari ajratib olingan va identifikatsiya qilingan;
tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun tavsiya etilayotgan xomashyo «Tribulepil» kompozisiyasi va uning asosidagi quruq ekstraktni standartlash maqsadida zarur bo‘lgan chinlik va sifat ko‘rsatkichlarining ilmiy asoslangan mezonlari aniqlangan;
xomashyo tayyorlashning mo‘’tadil muddatlarini, xomashyo va uning asosida yaratilgan dorivor o‘simlik vositasining saqlanish muddatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Torbargli Ivan-choyning kimyoviy tarkibini aniqlash, «Tribulepil» yig‘masi hamda uning quruq ekstrakti asosida yaratilgan «Ivtikan» biologik faol qo‘shimchasini standartlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
torbargli Ivan-choy er ustki qismi va uning asosida yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega «Tribulepil» yig‘masiga VFM loyihalari ishlab chiqilgan va tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun ruxsat olish maqsadida «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga taqdim etilgan (2019 yil 1 iyundagi 29/01-347-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu hujjatlarning tasdiqlanishi natijasida mahalliy dorivor o‘simlikdan va undan tayyorlangan yig‘ma yordamida prostata bezi patologiyalarini davolash imkoniyati yaratiladi;
«Ivtikan» biologik faol qo‘shimcha uchun texnik shartlar “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan («Ts 00481330-004:2018). Uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 00481330-004:2018). Natijada farmatsevtika sanoati uchun «Tribulepil» yig‘masi quruq ekstrakti asosida «Ivtikan» biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
«Ivtikan» biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish va qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsati olingan (№000442; 01.04.2019 y.). Ushbu biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarilishi natijasida xorijiy davlatlardan import qilinayotgan qo‘shimchalar ulushini kamaytirish, mahalliy BFQ assortimentini kengaytirish imkonini beradi.