Nurmatov Yodgormirza Xatammirzaevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bolalarda uretra klapanini jarrohlik davolash va tashxisini optimallashtirish», 14.00.35 – bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma raqami: LA 0000147/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib523

Ilmiy maslahatchi: Beknazarov Jumanazar Beknazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,  16.07.2013.Tib.18.01.

Rasmiy opponentlar: Gel`d Vadim Georgievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi tibbiyot fanlari akademiyasi «Bolalar salomatligi ilmiy markazi» federal davlat byudjet ilmiy muassasasi, Bolalar xirurgiyasi ilmiy tekshirish instituti (Moskva).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi. Bolalarda uretra klapanini tashxislash va jarrohlik usulini optimallashtirish asosida davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

Bolalarda uretra klapani bo‘lgan hollarda  kompleks urodinamik tekshiruv natijalari hamda quyi siydik yo‘llari faoliyati buzilishini aniqlovchi kattalarga mo‘ljallangan xalqaro (IPSS) so‘rovnomasining   bolalarga moslashtirilgan variantiga asosan ilk bor quyi siydik yo‘llarining funksional faoliyati baholangan va bolalarda uretra klapanini tashxislashda qiyosiy yondashuv ishlab chiqilgan;

ilk bor uretra klapanini tashxislashda quyi peshob yo‘llari urodinamikasida obstruktiv va noobstruktiv  buzilishlari farq qilinib, shu o‘zgarishlar hamda qovuq devori qalinligi, detruzor muskul tarangligi, uretra sof kesimi, qoldiq siydik hajmi, siyish akti tezligi, qovuq ichki bosimi, uretra ichi qarshiligi kabi sifatiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda davolash natijalari va buyrak faoliyati qanday bo‘lishini belgilovchi asosiy mezon bo‘la olishi asoslangan; 

uretra klapani bilan an’anaviy jarrohlik usulida davolangandan so‘ng qoniqarsiz natijalarni namoyon etgan bemorlarda quyi siydik yo‘llari funksiyasida kuzatilgan salbiy natijalar, xususiy konstruksiyaga asoslangan metall val`vulotom yordamida patogenetik asoslangan retrograd vezikoendopunksion val`vulotomiyani (RVEPV) qo‘llashga asos bo‘lgan; 

bolalarning yoshi  nechada bo‘lishiga qaramasdan bajarish imkonini beruvchi RVEPV amaliyotidan keyingi erta va kechki davrlardagi urodinamik ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘zgarishi, obstruksiyani  bartaraf etuvchi boshqa usullarga nisbatan, uretra ichki yuzasidan klapanni butunlay bartaraf etgani tufayli  uretra shilliq qavati anatomik butunligi to‘laligicha tiklanishi dalillangan;

infravezikal obstruksiyaning qanday darajada namoyon etishiga va yuqori siydik yo‘llaridagi funksional o‘zgarishlarga tayanib, uretra klapanining asoratli shakllarini xirurgik muolajaga tayyorlash hamda operativ davolashdan so‘nggi erta va kechki natijalarini prognozlash ishlab chiqilgan va asoslangan;

urodinamik tekshiruvlarga asoslangan amaliyotga tatbiq qilingan tashxisot dasturiga muvofiq, uretra klapanining turli klinik kechishiga qiyosiy yondashilgani tufayli xastalik namoyon bo‘lguniga qadar siydik yo‘llari funksiyasida salbiy o‘zgarishlar bo‘lgan bolalar guruhi hamda erta operativ davoni o‘tkazishga muhtoj bemorlar guruhi aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda uretra klapanini erta aniqlash va jarrohlik usullarida davolash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Farg‘ona viloyati urologiya markazi va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil  16 dekabrdagi   №8 N-d/28-son ma’lumoti). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi uretra klapani bilan xastalangan bemorlarni diagnostik baholash usullarini 28 foizga optimallashtirish va bemorlarning statsionarda yotish muddatlarini 25 foizga qisqartirish  imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish