Yusupova Farida Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2 Ph.D/Iqt145.
Ilmiy rahbar: Farmanov Tulqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidova Madina Xamidovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv iste’molchilari uyushmalarining davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limini tuzish orqali uning tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilgan;
fermer xo‘jaliklarida tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini loyihalash, o‘rnatish va foydalanishga ixtisoslashgan kooperativlarni tuzish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan hamda ularning namunaviy tuzilmasi asoslangan;
tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini lizing asosida fermer, dehqon va boshqa xo‘jalik sub’ektlariga berilishi asoslangan;
qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni rivojlantirish maqsadida maxsus respublika jamg‘armasini tashkil etilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Suv iste’molchilar uyushmasi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish, moliyalashtirish mexanizmi va tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘limining tuzish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 dekabrdagi 4/18-2923-son, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 dekabrdagi 03/022-2208-son ma’lumotnomalari). Yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi suv iste’molchilari uyushmalarining moddiy-texnika va kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida suv resurslaridan samarali va maqsadli foydalanish imkoniyatini yaratgan;
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini xo‘jaliklarda loyihalash, o‘rnatish va foydalanishga ixtisoslashgan kooperativlarni tuzish to‘g‘risida taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 04/033-1255-son va 2019 yil 1 iyuldagi 02/027-918-son ma’lumotnomalari). Tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan kooperatsiya asosida foydalanish fermerlarning texnologiyani loyihalash, xarid qilish va foydalanish (texnik xizmat ko‘rsatish), suv havzasini qurilishi uchun er tayyorlash va boshqa tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarni o‘rtacha 20-25 foizgacha kamayishini ta’minlagan;
tomchilab sug‘orish texnologiyalarni lizing asosida fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari etishtiruvchilariga berish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi 2018 yil 5 iyuldagi 3/18-428-son, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 04/033-1255-son ma’lumotnomalari). Tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini lizing asosida xarid qilinishi qishloq xo‘jaligi tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchilarida tijorat kreditiga nisbatan 12-15 foiz moliyaviy mablag‘ni tejash va garov miqdorini 55-60 foizga kamaytirish imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish bo‘yicha maxsus respublika jamg‘armasini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 3/18-428-son, O‘zbekiston Resublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 04/033-1255-son ma’lumotnomalari). Ushbu tuzilmaning tashkil etilishi suv tejovchi texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish, suv tejamkor texnologiyalarni mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarishga xalqaro moliyaviy tashkilotlarning grant va kreditlarini jalb qilish, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanish, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatadi.