Curopov Baxodir Maydonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron ta’lim muhitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06–Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped865.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Cayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, profeccor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori; Mo‘minov Baxodir Boltaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron ta’lim muhitida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanining kasbiy yo‘naltirilgan axborot-ta’lim mazmuni, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlari va amaliy dasturlar (AutoPlay Media Studio 8, Macromedia Flash 8, Movavi Video Editor Plus, Bandicam, Audacity)ni o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlik darajasining motivatsion, kommunikativ, tashkiliy, gnostik, kreativ, refleksiv, tahliliy komponentalarining pedagogik imkoniyatlari qarorlar qabul qilishni rivojlantiruvchi treninglar o‘tkazish, o‘zini o‘zi baholash va o‘z kasbiy faoliyatini loyihalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarni kasbiy kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash modeli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi komponentalarining reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlarni faktorli tahlil o‘tkazish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarni o‘qitish samaradorligini va kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlari kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlash hamda tizimlashtirish asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarga elektron ta’lim muhitida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarga elektron ta’lim muhitida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishga oid takliflar 5230900¬¬¬-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti mazmuniga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 10 martdagi 84-sonli buyrug‘i bilan singdirilgan («O‘zstandart» agentligining 2013 yil 13 martdagi qarori bilan tasdiqlanib, O`zDSt 36.0105:2013-son raqam bilan Davlat ro‘yxatiga olingan). Natijada tegishli o‘quv fanining ishchi-o‘quv dasturi takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlik darajasining motivatsion, kommunikativ, tashkiliy, gnostik, kreativ, refleksiv, tahliliy komponentalarining pedagogik imkoniyatlari qarorlar qabul qilishni rivojlantiruvchi, o‘zini o‘zi baholash va o‘z kasbiy faoliyatini loyihalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fani mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim iqtisodiyot yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentligi rivojlantirilgan va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarni kasbiy kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash modeli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi komponentalarining reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fani mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitish sifati oshirilgan va talabalarning mutaxassislikka bo‘lgan qiziqishlarini ortirishga erishilgan.