Kim Tat`yana Valer`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohasini innovatsion rivojlantirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt234.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc. 27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ivatov Irisbek, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy madaniy meros, mintaqaviy va turizm sohalarining innovatsion o‘ziga xos xususiyatlari asosida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqimizning ko‘xna tarixi va boy madaniy merosi, mintaqalarning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan hamda muayyan tarixiy mavzu (yoki muayyan belgi) doirasida zamonaviy turistik infratuzilma ob’ektlarini mazmun-shakl jihatdan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan «Culture house» tematik madaniy mehmonxona loyihasi ishlab chiqilgan;
mintaqaning agroetnografik jozibadorligi va mintaqalarni muayyan tarixiy-turistik belgilari bo‘yicha rayonlashtirish asosida «Mintaqalarda agroetnografik turizmni rivojlantirish» loyihasi (“Farg‘ona”, “Poytaxt”, ”Yashil”, “Janubiy” va boshqalar) asoslangan;
avtoturizm xizmat ko‘rsatish sohasining ichki va tranzit xizmat ko‘rsatish diversifikatsiyasi asosida avtoturizm «Karavaning» loyihasi taklif qilingan;
milliy turizmni innovatsion (muayyan mavzu doirasida moddiy va madaniy yo‘nalishlarni kompleks uyg‘unlashtirish, mintaqa xususiyatlariga asoslangan turistik marshurut va bosh.) rivojlantirish asosida uning jahon bozoridagi pozisiyasini mustahkamlab borishni ta’minlovchi o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohasini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turistik infratuzilma ob’ektlari qurilishini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston turizm industriyasining hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda «Culture house» tematik madaniy mehmonxona loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 apreldagi 03-09/2250-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘rt yulduzli mehmonxonalar soni ko‘paygan va birgina “Sultural house” mehmonxonasida 200 ta yangi ish o‘rnini yaratish imkoniyatini bergan;
mintaqaning agroetnografik jozibadorligini aniqlash hamda turistik rayonlashtirish asosida O‘zbekiston mintaqalarida agroetnografik turizmni rivojlantirish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 apreldagi 03-09/2250-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining mehnat migratsiyasini qisqartirish, fermer va dehqon xo‘jaliklari negizida tashkil etilgan oilaviy korxonalar sonini ko‘paytirish imkoniyatini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasi raqobatbardoshligini oshirish va turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash maqsadida “Karavaning” deb nomlangan avtoturizm turlaridan birini rivojlantirish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 apreldagi 03-09/2250-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqalarda yo‘l-transport infratuzilmasi takomillashtirilagan, to‘xtash joylari va kempinglar uchun maxsus joylar qurilgan;
o‘rta muddatli istiqbol, 2019–2025 yillar uchun turizm sohasini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 02-17/3905-son ma’lumotnomasi). Natijada 2025 yilgacha O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar soni 2018 yildagi 4,8 mln. kishidan 9 mln. kishiga etishi mumkinligi, turistik xizmatlar eksporti esa, hozirgi 951 mln. AQSh dollaridan 2,2 mlrd. AQSh dollarigacha o‘sishi aniqlangan. Shunigdek, turistik safarlar soni 2025 yilda 2018 yildagi 14 mln.dan 25 mln.ga etishi prognoz qilingan.