Kim Vitaliy Gennad`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovasion texnologiyalar acocida canoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish», 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt641.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Mamlakat Abdukodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.28.02.2019.I.03.06.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shohista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovasion texnologiyalar acocida O‘zbekicton Recpublikaci canoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha uclubiy yondashuv va ilmiy-amaliy tavciyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini baholash metodikasi innovatsion rivojlanish sharoitida bir-biriga o‘zaro aloqador omillar guruhlari hamda axborotning miqdor-sifat jihatdan keng qamrovlik va noaniqlilik funksiyasini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
sanoat korxonalari innovatsion salohiyatining ilmiy-texnik, kadr, moliyaviy, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik imkoniyatlari uyg‘unligi negizida raqobatbardoshlikni uslubiy jihatdan baholash asoslangan;
bozor raqobatining kuchayib borishi sharoitida ishlab chiqarishni innovatsion tashkil etish va noishlab chiqarish yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish asosida sanoat korxonalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirishning uslubiy yondashuvi takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarini samarali rivojlantirishning o‘rta muddatli prognoz parametrlari rivojlanishga ta’sir etuvchi omillarni kompleks baholash, jumladan investisiyalarni asosiy kapitalga jalb etish, investision mahsulot va ishlab chiqarish fondlarini yangilashni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Canoat korxonalarining raqobatbardoshligini innovasion texnologiyalar acocida oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar «GEOTECH GROUP» neftegaz kompaniyalari guruhi tizimi korxonalariga, jumladan «Uz-Kor Gaz Chemical» MChJ QK amaliyotiga joriy qilingan («GEOTECH GROUP» neftegaz kompaniyalari guruhining 2018 yil 24 yanvardagi DL-451-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida sanoat korxonaci raqobatbardoshlik darajasini 28 foizga oshirish imkonini bergan;
sanoat korxonalari innovatsion salohiyatining ilmiy-texnik, kadr, moliyaviy, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik imkoniyatlari uyg‘unligi negizida raqobatbardoshlikni uslubiy baholash «O‘zbekneftegaz» AJ faoliyatiga (22.01.2018 yildagi GTB-08/1-son buyruq) joriy qilingan («GEOTECH GROUP» neftegaz kompaniyalari guruhining 2018 yil 24 yanvardagi DL-451-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida, jumladan neftegaz servis xizmatlari bozoridagi «Geotech Engineering» MChJ ulushini 12,4 foizgacha etkazish imkonini bergan;
sanoat korxonalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirishning takomillashgan uslubiy yondashuvi «O‘zbekneftegaz» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, jumladan “O‘zbekgeofizika” AJ faoliyatiga (15.05.2017 yildagi 01/1147-son buyruq) joriy qilingan (“O‘zbekgeofizika” AJning 2017 yil 20 maydagi 01/1-833-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi “O‘zbekgeofizika” AJ va uning viloyatlardagi filiallari unumdorligini mavjud ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishi natijasida 5,4 foizga oshirish imkonini bergan;
sanoat korxonalarini samarali rivojlantirishning o‘rta muddatli prognoz modeli parametrlari «O‘zbekneftegaz» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, jumladan “O‘zbekgeofizika” AJ faoliyatiga (15.05.2017 yildagi 01/1147-son buyruq) joriy qilingan (“O‘zbekgeofizika” AJning 2017 yil 20 maydagi 01/1-833-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi “O‘zbekgeofizika” AJ va uning respublika viloyatlaridagi filiallarida ishlab chiqarish intensifikatsiyasini oshirish va ishlab chiqarish tushumi hajmini ortishi, shuningdek, fond qaytimi koeffisientini (K) 2017 yilda 0,81 dan 1,12 koeffisientga, 2018–2019 yillarda 0,11 dan 1,34 koeffisientga oshirish imkonini bergan.