Axmedova Nilufar Sharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalliklari rivojlanishining diagnostik prediktorlari va oldini olish yo‘llari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib390.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasallik rivojlanish prediktorlarini baholash orqali surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash va avj olib borishining oldini olish usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq sharoitida yashovchi aholi orasida keng tarqalgan noan’anaviy xavf omillari (ortiqcha tana vazni, nefrotoksik dorilarning suiiste’mol qilinishi, ayollar orasida homiladorlik davri nefropatiyasining tug‘ruqdan keyin nazoratga olinmasligi) natijasida ularda surunkali buyrak kasalligi rivojlanish ehtimoli yuqori ekanligi isbotlangan;
abdominal semizlik bilan kechuvchi ortiqcha tana vazni bo‘lgan bemorlarda buyrak faoliyatini baholashda qondagi kreatinin miqdori va buyrak koptokchalari fil`tratsiyasi tezligining diagnostik ahamiyati pasayishi aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarida tashxislashda buyrak faoliyati buzilishining qon va siydik tarkibidagi markerlari qiyosiy taqqoslanib, siydikdagi markerlarning diagnostik afzalligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligini tibbiyotning birlamchi tibbiy tizimi sharoitida I-II klinik bosqichlarda tashxislash va asoratlarini oldini olish kasallikning dializgacha bo‘lgan davrni uzaytirish natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berishi aniqlangan va profilaktik chora-tadbirlar muqobillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligini erta aniqlash, aholi orasida ushbu kasallik rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillarini o‘rganish, xavf guruhlarini aniqlash va oldini olish taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali buyrak kasalliklarining ambulator sharoitdagi erta tashxisotini optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 8n–d/353-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholi orasida surunkali buyrak kasalliklarini erta aniqlash va o‘z vaqtida oldini olish chora-tadbirlarini optimallashtirish imkonini bergan;
tibbiyotning birlamchi tizimi sharoitida aholi orasida surunkali buyrak kasalliklarini erta aniqlash va o‘z vaqtida oldini olishning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Buxoro viloyati Buxoro tumani tibbiyot birlashmasi, Romitan tumani tibbiyot birlashmalari va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinika amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 8n–z/27-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi tibbiy yordam sifatini oshirish, buyrakning ikkilamchi shikastlanishining oldini olish, tibbiy ko‘riklar samaradorligini oshirish, surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarda aniqlash, shifoxona sharoitida davolanish sarf-xarajatlarini 2 barobar qisqartirish, gemodializ seanslariga qatnash darajasini 71,3% ga kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish, umumiy amaliyot shifokori, terapevt, kardiolog, endokrinolog va nefrolog kabi mutaxassislarning hamjihatlikda profilaktika ishlarini amalga oshirishlariga ko‘maklashib, tibbiy ko‘riklar samaradorligini oshirish imkonini bergan.