Pulatova Rushaniya Zaxidovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kichik yoshdagi bolalarda sepsisning klinik kechishida immunitet tizimlararo regulyasiyasining qonuniyatlari», 14.00.09–pediatriya (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib398.

Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Orxan Seradjdinovich,tibbiyot fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti   huzuridagi fan doktorli ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.Tib.18.01 raqamli ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Degtyareva Marina Vasil`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazliddin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Tamaraxon Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi, I.P.Pavlov nomidagi Davlat tibbiyot universtiteti, Sankt-Peterburg

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi. erta yoshdagi bolalarda sepsisning klinik kechishi va oqibatlari, prognozini belgilovchi immunitetning tizimli boshqaruv qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

ilk marotaba sepsisning o‘nta qo‘zg‘atuvchisiga spontan va spesifik limfotoksinlarni aniqlash usuli ishlab chiqilgan hamda ularning  nisbatini aniqlash asosida immunitet tizimidagi  mediatorli disbalansning uch turi ajratib olingan;

sepsis bilan kasallangan erta yoshdagi bolalar immunitet tizimining kasallik klinik kechishi va yakunini belgilab beruvchi mediatorli disbalans turiga bog‘liqligi aniqlangan;

erta yoshdagi bolalarda sepsisni davolash samaradorligini baholashda limfotoksinlarni aniqlashning diagnostik ahamiyati isbotlangan;

erta yoshdagi bolalarda infeksiyali jarayon tarqalishining klinik-laborator mezonlari hamda turli  yallig‘lanishga qarshi sitokinlar nisbati, shuningdek, bakteriemiya darajasini tizimli baholash asosida sepsisning klinik kechishi va oqibatlarini prognozlash imkoniyati aniqlangan;

erta yoshdagi bolalarda mediator disbalans variantini aniqlashga asoslangan sepsisni davolash dinamikasida ob’ektiv baholash usullari va samaradorligini prognozlash usullaridan foydalanib, immunitet tizimi ko‘rsatkichlarini korreksiyalashga yo‘naltirilgan patogenetik asoslangan, differensial davolash sxemalari ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sepsis qo‘zg‘atuvchi- lariga nisbatan yallig‘lanishning spesifik mediatorlari ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda etiologik tashxislashning  o‘tkazilayotgan davo samarador- ligini baholash usuli (№IAP 03260, 18.12.2006 y.)  hamda septik jarayon rivojlanishida infeksiya generalizatsiyasini o‘z vaqtida aniqlash va kasallik oqibatini prognozlash imkonini beruvchi klinik-laboratoriya mezonlariga ( №IAP 03347, 23.04.2007 y.) O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi ixtiro patenti olingan. Mazkur usullar Buxoro viloyati bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirining 17 dekabr` 2015 yil 8N-3/28–son ma’lumotnomasi). Ular erta yoshdagi bolalarda sepsis kasalligini tashxislash-davolash taktikasini yanada yaxshilash imkonini berdi, shu bilan birga iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan kam sarf-xarajat qilib bo‘lib, davolash samaradorligining oshishiga, bemorni  shifoxonaga yotqizilishi 21 foizga kamayishiga va o‘rin kunlari 1,5 kunga qisqarishiga, kasallik remissiya davrining uzayishi va salbiy oqibatlarning kamayishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish