Sharipov Ergash Oripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylarda matematik analiz asoslarini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02¬–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped286.
Ilmiy rahbar: Tajiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nasridin Mirzoodilovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Barno  Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akademik liseylarda matematik analiz asoslarini o‘qitishning metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matematik analiz asoslarini o‘qitishning metodik tizimi (maqsadi, mazmuni, shakli, vositasi va usuli)ga ijodiy yondashuv (o‘qituvchining innovatsion faoliyati, o‘quvchining mustaqil ta’lim olishi, anglash, xotirada saqlash, qo‘llash va nazorat)ning tarkibiy qismlari mazmuni o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro dialogi asosida aniqlashtirilgan;
fanlararo va o‘quv mavzularidagi tayanch tushunchalarning aloqadorlik ko‘rsatkichlari (turi, mohiyati, tasnifi, xususiyati) asosida teorema va masalalarni mantiqiy isbotlash mezonlari (tartibi, uzviyligi, qo‘llanishi) aniqlashtirilgan;
darslarni «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim» texnologiyasiga ko‘ra loyihalash bosqichlari (loyiha algoritmi, o‘quv modulining matn ssenariysi, o‘zlashtirishni tekshirish) matematik analiz asoslariga oid bilimlar dinamikasiga (koordinatsion faollik, o‘quv faolligi, amaliy faollik) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ijodiy muhit yaratuvchi kreativ yondashuvlar (o‘qituvchining innovatsion faoliyati, o‘quvchining mustaqil ta’lim olishi, anglash, xotirada saqlash, qo‘llash va nazorat)ga tayanilgan holda, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilarning turli faoliyatlarini integratsiyalash asosida matematik analiz asoslari mavzularini o‘zlashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Matematika kursining «Matematik analiz asoslari» bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
o‘quvchining mustaqil ta’lim olishi va dars jarayonini loyihalashtirish komponentlarini matematik analiz asoslarini o‘qitishning metodik tizimiga kiritishga nisbatan ijodiy yondashuvlar, ya’ni o‘qituvchining innovatsion faoliyati, o‘quvchining mustaqil ta’lim olishi va o‘zini o‘zi baholashiga oid nazoratlar tizimi, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro dialogini ta’lim amaliyotida qo‘llashga oid takliflar asosida «Pedagogik texnologiya milliy modelining ta’lim jarayoniga tatbig‘i» (ISBN 979-9943-375-67-3) nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 89-03-4462-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv adabiyoti akademik liseylarning o‘quv-metodik ta’minotini boyitish hamda «Matematik analiz asoslari» bo‘limining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish imkoniyatlarining oshishiga xizmat qilgan;
matematik analiz asoslarini o‘qitishning fanlararo va o‘quv mavzularidagi tayanch tushunchalarning aloqadorlik ko‘rsatkichlari asosida teorema va masalalarni mantiqiy isbotlash mezonlarini aniqlashtirish, darslarni «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim» texnologiyasiga ko‘ra loyihalash bosqichlari, matematik analiz asoslariga oid bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan hamda interfaol metodlar yordamida dars jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2007-2011 yillarga mo‘ljallangan fundamental tadqiqotlar dasturi doirasida OT-F8-208 raqamli  «Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari» mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 89-03-4462-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar fanlararo va o‘quv mavzulari o‘rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlash, o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ijodiy muhit yaratuvchi kreativ yondashuvlar (o‘qituvchining innovatsion faoliyati, o‘quvchining mustaqil ta’lim olishi, anglash, xotirada saqlash, qo‘llash va nazorat)ga tayanilgan holda, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilarning turli faoliyatlarini integratsiyalash asosida matematik analiz asoslari mavzularini o‘zlashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar asosida «Matematik analiz asoslari bo‘limi darslarini loyihalab o‘qitish texnologiyasi» nomli uslubiy qo‘llanma nashr qilingan va o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 89-03-4462-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari akademik liseylarda matematik analiz asoslarini o‘qitish metodikasini ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish va loyihalab o‘qitish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish