Mirsanov Uralboy Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida  matematikani amaliy dasturlar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi” (5–6-sinflar misolida), 13.00.02¬¬– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped329.
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isaqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Isroilovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Ro‘ziev Raup Axmadovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–6-sinflarida matematikani amaliy dasturlar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5–6-sinf matematika fanidan tayanch kompetensiyalar tarkibi (kognitiv, axborotlar bilan ishlash) amaliy dasturli faol axborot almashinuvchi asinxron ta’lim muhitidan (elektron trenajyorlar, matematik masalalarni hisoblovchi, o‘quvchilar bilimini baholovchi va nazorat qiluvchi, vizual taqdimotli) foydalanish elementlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘qitish jarayonida o‘quvchilar bilimini tezkor diagnostikasi (matematik bilimlarni egallash, mustaqil ishlarni bajarish, masalalarni echish) standart va adaptiv testlarning on-line va off-line rejimiga moslashtirilgan tizimlarini (global, lokal) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
matematika fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi o‘qitish texnologiyalari (shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli,  kompyuterli) va amaliy dasturiy-didaktik majmualarni o‘quv bosqichlari hamda bilimlar ketma-ketligiga ko‘ra integratsiyalash (o‘zaro bog‘lash, moslash, to‘ldirish) asosida takomillashtirilgan;
matematikadan sinfdan tashqari o‘quv jarayonlariga oid o‘quv-metodik ta’minot dasturiy vositalar (mul`timediali ilovalar, audio va video), o‘quv topshiriqlari (testlar, kreativ fikrlashga oid misol va masalalar) hamda amaliy dasturlarning didaktik imkoniyatlari mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–6-sinflarida matematika ta’limi samaradorligini oshirishda amaliy dasturlardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
5–6-sinf matematika fanidan tayanch kompetensiyalar tarkibini aniqlashtirish, amaliy dasturli faol axborot almashinuvchi asinxron ta’lim muhitidan foydalanish elementlari, o‘quv topshiriqlari hamda amaliy dasturlarning didaktik imkoniyatlariga oid takliflari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” darsliklarining mazmuniga singdirilgan (10-sinf va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim  muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik. – Toshkent, 2017 y., 11-sinf va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim  muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik. – Toshkent, 2018 y.). Mazkur darsliklar o‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha tegishli kompetentsiyalarini shakllantirish, matematika fani bilan o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘qitish jarayonida o‘quvchilar bilimini tezkor diagnostikasi,  standart va adaptiv testlarning on-line va off-line rejimiga moslashtirilgan tizimlarni ishlab chiqishga oid takliflardan Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 16 sentyabrdagi “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoring tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 01-02/2-2-174-son ma’lumotnomasi). On-line va off-line rejimida o‘tkazilgan test sinovlari 2017-2018 o‘quv yilida 5–6-sinf matematika fani sifati monitoringi samaradorligini oshirishga imkon bergan;
matematika fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, o‘qitish texnologiyalari  va amaliy dasturiy-didaktik majmualarni o‘quv bosqichlari hamda bilimlar ketma-ketligiga ko‘ra integratsiyalash, matematikadan sinfdan tashqari o‘quv jarayonlariga oid o‘quv-metodik ta’minot, dasturiy vositalarga oid takliflardan 2014-2017 yillarda amalga oshirilgan PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 01-02/2-2-174-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida yaratilgan amaliy dasturlar 5–6-sinf matematika fanining o‘qitish metodikasini va sinfdan tashqari o‘quv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish