Maxamatov Maxmud Maxamataminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari”, 12.00.10–Xalqaro huquq (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu100.
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24/01.
Rasmiy opponentlar: Boboqulov Inomjon Ibragimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Gafurov Askar Boyisovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘zaro hamkorligini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XMTning “Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 87-sonli konvensiyasi normalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalarining huquqlari va faoliyatining kafolatlari milliy qonunchilik bilan birga ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar bilan ham belgilanishi asoslangan;
XMTning “Xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risida”gi 144-sonli konvensiyasi talablariga muvofiq aholi daromadlari, turmush darajasini yuksaltirib borish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish uchun hukumat, ish beruvchilar tashkilotlari va kasaba uyushmalari o‘rtasida eng kam ish haqi miqdorini belgilashda uch tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish lozimligi asoslangan;
XMTning mehnat inspeksiyalariga oid 81, 129-konvensiyalarida belgilangan xalqaro standartlarga muvofiq mehnat sharoitlari va muhofazasi sohasidagi normalarni qo‘llashni, ish beruvchilar va xodimlarni qonunchilikka rioya etishning samarali vositalari haqidagi axborot bilan ta’minlash uchun Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatida qayta aloqa mexanizmini joriy etish lozimligi asoslangan;
XMTning “Onalikni asrash to‘g‘risida”, “Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risida”gi konvensiyalar qoidalariga milliy qonunchilikni moslashtirish, fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini kuchaytirish maqsadida XMTning konvensiyalarini ratifikatsiya va implementatsiya qilish lozimligi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
XMTning “Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 87-sonli konvensiyasi normalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalarining huquqlari va faoliyatining kafolatlari milliy qonunchilik bilan birga ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar bilan ham belgilanishi taklifi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi O‘RQ-413-son Qonuni 1-moddasi bilan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” qonuni 3-modda va 6-moddasiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 1 avgustdagi 05/01-01-101-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi ish beruchilar tashkilotlari hamda kasaba uyushmalari huquqlarining xalqaro standartlar bilan mustahkamlanishiga, ish beruvchilar tashkilotlari va kasaba uyushmalari xalqaro hamkorligining rivojlanishiga xizmat qilgan;
XMTning “Xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risida”gi 144-sonli konvensiyasi talablariga muvofiq eng kam ish haqi miqdorini belgilashda hukumat, ish beruvchilar tashkilotlari va kasaba uyushmalari o‘rtasida uch tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish haqidagi takliflari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar buyicha 2017-2019 yillar uchun tuzilgan bosh kelishuv”ining (23.02.2017 yil) 20, 51-bandlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yil 9 yanvardagi 11/18-2018-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish axoli daromadlari va turmush darajasini oshirib borishga, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga xizmat qilgan;
XMTning mehnat inspeksiyalariga oid 81, 129-konvensiyalarida belgilangan xalqaro standartlarga muvofiq mehnat sharoitlari va muhofazasi sohasidagi normalarni qo‘llashni, ish beruvchilar va xodimlarni qonunchilikka rioya etishning samarali vositalari haqidagi axborot bilan ta’minlash uchun Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatida qayta aloqa mexanizmini joriy etish haqidagi taklifi kelgusida ish jarayonida foydalanilishi ma’lum qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 17 avgustdagi 03-10/4299-son ma’lumotnomasi). Ushbu yo‘nalishdagi takliflarning ish faoliyatida qo‘llanilishi Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirishga, Inspeksiya faoliyatidan aholi xabardorligini oshirishga hamda muayyan darajada mehnat normalari buzilishi oldi olinishiga xizmat qilgan;
XMTning “Onalikni asrash to‘g‘risida”, “Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risida”gi konvensiyalar qoidalariga milliy qonunchilikni moslashtirish, fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini kuchaytirish maqsadida XMTning konvensiyalarini ratifikatsiya va implementatsiya qilish haqidagi takliflari 2017 yil 23 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar buyicha 2017-2019 yillar uchun tuzilgan bosh kelishuvi” 6-bandida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yil 9 yanvardagi 11/18-2018-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi barcha yollanib ishlayotgan hamda noan’anaviy mehnat turlarida band ayollar huquqlarini, shuningdek xodimlarning haq to‘lanadigan ta’tilga chiqish huquqining kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish