Zohidova Sanoat Raxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiylashtirish jarayonlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped229.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muhabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiylashtirish jarayonlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish, mazkur jarayon samaradorligini oshirishga doir ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy moslashuv va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiylashtirishning o‘zaro aloqadorlik xususiyatlari talaba shaxsiga ta’sir ko‘rsatuvchi sotsiogen va psixogen omillarning bixeviorizm va suggestiv pedagogik tahliliga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat tuzilmasi autotreninglarni sinektik modellashtirish orqali interfaollashtirish bosqichlari mazmunini belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiy-lashtirishga yo‘naltirilgan interfaol mashg‘ulotlarni loyihalash hamda rejalashtirishning didaktik parametrlari mazmuni (texnologik, kreativ, individuallik) sinektik tafakkurga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini tahlil etish, refleksiya elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
imitatsion va ishbilarmonlik o‘yinlarini qo‘llashning tashkiliy-metodik jarayonlari o‘qituvchining o‘quvchilarni matn bilan ishlashga o‘rgatish faoliyatini semiotik, imitatsion va ijtimoiy baholash mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiylashtirish jarayonlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy moslashuv va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiylashtirishning o‘zaro aloqadorlik xususiyatlari, talaba shaxsiga ta’sir ko‘rsatuvchi sotsiogen va psixogen omillarni aniqlashtirishga doir takliflar “110000 – Pedagogika”  bakalavriat ta’lim yo‘nalishining davlat ta’lim standarti (“O‘zstandart” agentligi, №361998-son) mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 oktyabrdagi 89-03-35-32-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
kasbiy ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat tuzilmasini aniqlashtirish, autotreninglarni sinektik modellashtirish orqali interfaollashtirish bosqichlari mazmunini belgilash, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan interfaol mashg‘ulotlarni loyihalash hamda rejalashtirishning didaktikparametrlarini strukturalashtirishga oid amaliy tavsiyalardan ITD-4-122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni rivojlantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009-2011 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyuldagi 01-02/1-3-227-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiylashtirishning innovatsion modellarini va texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
imitatsion va ishbilarmonlik o‘yinlarini qo‘llashning tashkiliy-metodik jarayonlari, o‘qituvchining o‘quvchilarni matn bilan ishlashga o‘rgatish faoliyatini semiotik, imitatsion va ijtimoiy baholash mezonlarini aniqlashtirishga oid takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” o‘quv moduli mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyuldagi 01-02/1-3-227-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv fanining joriy etilishi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi didaktik ta’minotini rivojlantirish, pedagog kadrlarining kreativ  faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish