Xurramov Anvar Jumanazarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Matematika o‘qitish metodikasi fani o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped177.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedaggika instituti.
Ilmiy rahbar: Tajiev Mamarajab, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabaev Davlatyor Xalillaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yunusova Dilfuza Israilovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida “Matematika o‘qitish metodikasi” fani o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalab o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matematika fanlari o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalab o‘qitishning zamonaviy konseptual dasturi (faollashtiruvchi, rivojlantiruvchi, yangi axborot vositalarini qo‘llashga asoslangan) pedagogik jarayonlarda amaliyot, yaxlitlik, mustaqillashuv, harakat elementlarining proporsinalashuviga (shaxsga yo‘nalganlik, individual ishlash, erkinlik) ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quv mashg‘ulotlari “katta”, “o‘rta” va “kichik” modulli loyihalash bosqichlari (loyiha algoritmi, matn ssenariysi, baholash) funksional amallarning ketma-ketlik traektoriyasi mazmunini (maqsad va tushunchalar, mezon, vosita, matn) belgilash asosida aniqlashtirilgan;
mashg‘ulotlarni loyihalash texnologiyasi umumiy va xususiy metodologiyalarni ajratish, o‘quv modullari va o‘quv harakatlari integratsiyalashuv jarayonlari (rejalashtirish, hamkorlik bosqichi, tashkiliy-didaktik ta’minlash) mohiyatini ochib berish (zamonaviy ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda o‘qituvchi faoliyatining ketma-ketligi) asosida takomillashtirilgan;
“Matematika o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishning blok-modulli yondashuviga yo‘naltirilgan metodik ta’minoti o‘quv materiallari interfaolligi va ijodiy-intelllektual topshiriqlar (prognoztik, tanqidiy baholovchi, kreativlikni aniqlovchi) majmuasini ishlab chiqish asosida takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish metodikasi fani o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirib o‘qitish shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida;
matematika fanlari o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalab o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasi, amaliyot, yaxlitlik, mustaqillashuv, harakat elementlaridan foydalanish, o‘quv mashg‘ulotlarining “katta”, “o‘rta” va “kichik” modulli loyihalarini tuzish bosqichlari, funksional amallar ketma-ketligi traektoriyasi mazmuniga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 oktyabrdagi 89-03-2332-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma “Matematika o‘qitish metodikasi” fani o‘quv mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik bosqichlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
“Matematika o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishning blok-modulli yondashuviga yo‘naltirilgan metodik ta’minoti, o‘quv materiallari interfaolligi va ijodiy-intelllektual topshiriqlar tizimiga oid takliflardan “Vazirlik tizimida 2015–2017 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar dasturlari” doirasidagi “Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv fanlarining modulli o‘qitish metodikasi va amaliyoti (“Matematika o‘qitish metodikasi” ta’limi yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi  amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 oktyabrdagi 89-03-2332-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar pedagogik texnologiya tamoyillari asosida o‘quv mashg‘ulotlari loyihasini tuzishga, o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga imkon bergan;
o‘quv modullarini ierarxik pog‘onalash, maqsadlarni shakllantirish, umumiy va xususiy metodologiyalarni ajratish, o‘quv harakatlarini aniqlashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash texnologiyasini takomillashtirishga oid takliflardan “130000 – Matematika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartlari va “Matematika o‘qitish metodikasi” mazmunini takomillashtirishda  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 avgustdagi 383-sonli buyrug‘i, 335-057-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoji va talablariga mos pedagoglar tarkibini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish