Xojaev Azizxon Saidaloxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatining iqtisodiy-statistik tahlili (Farg‘ona viloyati misolida)», 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt152.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy-statistik jihatdan ilmiy tadqiq etish hamda uslubiyotini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyot talablariga muvofiq iqtisodiy jarayonlarni statistik qayd etishdagi takroriy holatlarni unifikatsiyalash hamda dinamik jarayonlarni baholash qamrovini kengaytiruvchi jamlama statistik ko‘rsatkichlar taklif etilgan;
boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur bo‘lgan statistik axborotlarning ishonchliligi, aniqliligi va shaffofliligini ta’minlash maqsadida 1-FX fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi yillik davlat statistika hisobot shaklining mazkur xo‘jalik sub’ektlari tomonidan foydalanilmaydigan bo‘limlarini mazmunan ixchamlashtirish asosida soddalashtirilgan varianti ishlab chiqilgan;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatida klasterlashning «urug‘-ko‘chat – mahsulot – tayyorlash – saqlash – qayta ishlash – logistika – sotish» bo‘yicha yagona zanjiri asosida statistik baholashning integratsiyalashgan (jamlama, integral, xususiy va natural) ko‘rsatkichlari tavsiya etilgan;
meva-sabzavotchilik tarmog‘ining asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlar (yalpi hosil, hosildorlik, foyda, foydalilik darajasi va boshqalar)ning ko‘p omilli ekonometrik tahlili asosida 2020-2025 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatining iqtisodiy-statistik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli iqtisodiyot talablariga muvofiq iqtisodiy jarayonlarni statistik qayd etishdagi takroriy holatlarni unifikatsiyalash hamda dinamik jarayonlarni baholash qamrovini kengaytiruvchi jamlama statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 26 iyundagi 01/1-01-21/2-139-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlardagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini jamlama statistik ko‘rsatkichlar orqali baholash, olinadigan natijalarning haqqoniyligini va shaffofligini ta’minlash imkoniyatlari kengaygan;
boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur bo‘lgan statistik axborotlarning ishonchliligi, aniqliligi va shaffofliligini ta’minlash maqsadida 1-FX fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi yillik davlat statistika hisobot shaklining mazkur xo‘jalik sub’ektlari tomonidan foydalanilmaydigan bo‘limlarini mazmunan ixchamlashtirish asosida soddalashtirilgan varianti O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliy faoliyatida foydalanishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 24 sentyabrdagi 01/1-01-17/1-232-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi hududlarda meva-sabzavotchilikka oid statistik axborotlarni to‘laqonli shakllantirishga, kam vaqt va mablag‘ sarflab, yuqori natijalarni olishga, taqdim qilinayotgan hisobotlardagi statistik axborotlarning ishonchligini, aniqligini hamda shaffofligini ta’minlashga imkoniyat yaratilgan;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatida klasterlashning «urug‘-ko‘chat – mahsulot – tayyorlash – saqlash – qayta ishlash – logistika – sotish» bo‘yicha yagona zanjiri asosida statistik baholashning integratsiyalashgan (jamlama, integral, xususiy va natural) ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 24 sentyabrdagi 01/1-01-17/1-232-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi meva-sabzavotchilik sohasidagi natijaviy ko‘rsatkichlar bilan omil ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro statistik bog‘lanishlarning ta’sirini aniqlash, fermer xo‘jaliklari faoliyatini integratsiyalashgan ko‘rsatkichlar asosida kompleks statistik baholash imkoniyatlarini kengaytirgan;
meva-sabzavotchilik tarmog‘ining asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlar (yalpi hosil, hosildorlik, foyda, foydalilik darajasi va boshqalar)ni ko‘p omilli ekonometrik tahlili asosida 2020-2025 yillar uchun taklif etilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 24 sentyabrdagi 01/1-01-17/1-232-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar hududlardagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini ko‘p variantli statistik prognozlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish