Xamrakulova Mukaddasxon Askarovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Piretroid guruhiga mansub pestisidlarning organizmga ta’siri metabolik jarayonlarini korreksiyalashning gigienik jihatlari va uslubiy asoslari», 14.00.07 – gigiena (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib378.
Ilmiy maslahatchi: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Momoko Tiba, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fridman Kirill Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ponomareva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Brandenburg texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash instituti (Germaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Piretroidlar guruhiga mansub pestisidlarni optimal va yuqori havo haroratida organizmga ta’sirini aniqlash, patogenetik davo usullarini ishlab chiqish hamda zaharlanishni erta tashxislash, davolashda biologik faol moddalarni qo‘llash va yuqori havo harorati sharoitida pestisidlarning qo‘llanishida gigienik me’yorlarni o‘zgartirish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Yuqori harorat va pestisid-piretroidlarning birgalikdagi ta’sirida molekulyar, hujayra, subhujayra, to‘qima va a’zolarda, jigar va ingichka ichak organoidlaridagi biologik jarayonlarning buzilish mexanizmi aniqlangan;
yuqori harorat va pestisid-piretroidlarning birgalikdagi ta’sir ko‘rsatish mexanizmining o‘zaro bog‘liqligi organizmda metabolik jarayonlarning o‘zgarishi pestisid turiga va iqlim omillariga bog‘liqlik darajasi isbotlangan;
biokimyoviy testlar majmuasini qo‘llash natijasida birinchi marta pestisidlarning piretroid guruhi va havoning yuqori harorati ta’sirida metabolik siljishlarning o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi, kechayotgan jarayonlarning tezlashishi va jadallashuvi aniqlangan;
pestisid moddalarning zararsizlashtirish, patogenetik profilaktikasi va metabolik jarayonlarni tartibga solish bilan davolash usullari isbotlab berilgan;
havoning yuqori harorati va pestisidlarning organizmga ta’sirini erta ko‘rinishida tashxis qo‘yishning yangi usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Piretroid pestisidlardan zaharlanishni oldini olishga qartilgan chora-tadbirlar natijalari tibbiyot amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tizimiga, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil13 yanvardardagi 8N-3/36-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning joriy qilinishi pestisidlardan surunkali zaharlangan kasb kasallar mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasining 10–20 foiz va o‘z navbatida II guruh nogironligidan III guruhga o‘tkazilish imkonini yaratgan;
piretroid guruhiga mansub pestisidlarning organizmga ta’sirini baholash va kamaytirishga yo‘naltirilgan ilmiy natijalar beshta uslubiy qo‘llanma asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tizimiga, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 13 yanvardagi 8N-3/36-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning joriy qilinishi har bir bemorning shifoxonadagi o‘rin kunini 20 foiz va mehnatga yaroqsizlik muddatini 25 foizga qisqartirish imkonini bergan («Piretroid guruhidagi pestisidlar bilan ishlovchi shaxslarda zaharlanishning ilk belgilarini aniqlash uchun davriy tibbiy ko‘rikda biokimyoviy tekshiruv usullardan foydalanish», «α-ketoglutar kislota bilan to‘qima siklik aminokislotalarni pereaminlashni aniqlash usuli yordamida piretroid guruhi pestisidlardan zaharlanishni tashxislash», «Desis pestisidi bilan zaxarlanishning ilk belgilarini aniqlash uchun metabolik jarayonlardagi bioenergetik o‘zgarishlarni aniqlash usullarini qo‘llash», «Siperfos pestisidi bilan zaharlanganda biokimyoviy jarayonlarning kechish xususiyatlari, biologik faol moddalar bilan davolash va oldini olish usullarini asoslash», «Organizmga piretroid pestisidlarning (siperfos, sipermetrin, sigalotrin va sumi-al`fa) ta’sir mexanizmi, na’matak mevasi qaynatmasi, lipoy kislota va piridoksinni qo‘llash yordamida davolash va profilaktik usullari»).