Qambarov Musoxon Muxtorjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped365.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Xonkeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaeva Muxayyo Lutfillaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari falsafiy, pedagogik, psixologik bilimlar mantiq qonunlariga mos holda umumlashtirilib, divergent va konvergent tafakkur shakllarini maqbul uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirilgan;
talabalarning mustaqil fikrlash  madaniyatini rivojlantirish metodlari umumkasbiy fanlarni differensiyalash va motivatsion, kognitiv-axborotli, operatsion-faoliyatli, hissiy-irodaviy, baholovchi-refleksiv mezonlar integratsiyasi asosida bosqichma-bosqich takomillashtirilgan;   
talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish modeli o‘quv materiallarini konsentrizm tamoyiliga muvofiq o‘qituvchi-talaba hamkorlik faoliyatini mantiqiy va dialektik fikr me’yorlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish omillari muammoli-izlanish va ijodiy faoliyat ko‘rsatish metodlarini fasilitatsion ta’lim muhitida samarali  qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari falsafiy, pedagogik, psixologik bilimlar mantiq qonunlariga mos holda umumlashtirilib divergent va konvergent tafakkur shakllarini maqbul uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirish bo‘yicha berilgan takliflardan P3-20170929727 raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizimini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 maydagi 89-03-2299-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mustaqil fikrlash  madaniyati takomillashgan;  
talabalarning mustaqil fikrlash  madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari umumkasbiy fanlarni differensiyalash va motivatsion, kognitiv-axborotli, operatsion-faoliyatli, hissiy-irodaviy, baholovchi-refleksiv mezonlar integratsiyasi asosida bosqichma-bosqich rivojlantirilgan taklif va tavsiyalardan 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 89-03-1577-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi kurslari mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy  materiallar bilan boyitilgan;
talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish modeli o‘quv materiallarini konsentrizm tamoyiliga muvofiq o‘qituvchi-talaba hamkorlik faoliyatini mantiqiy va dialektik fikr me’yorlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tavsiyalaridan P3-20170929727 raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizimini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 maydagi 89-03-2299-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mustaqil fikrlash  madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari amaliyotda qo‘llash samaradorligi oshirilgan;  
talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish omillari «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» o‘quv fanini o‘qitish jarayonida  shaxsning intellektual sifatlari aniqlanib, muammoli-izlanish va ijodiy faoliyat ko‘rsatish metodlarini fasilitatsion ta’lim muhitida qo‘llash imkoniyatlari, vositalari, shakllari, metodlaridan foydalanish bo‘yicha  takliflardan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fan dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 89-03-1577-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar mustaqil fikrlash madaniyatini fasilitatsion ta’lim jarayonida rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish