Atajanova Sadokat Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunishda biluv topshiriqlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10755.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar:Jumanyazova Muxabbat Xusinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.12.01.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Salaeva Muxabbat Saburovna, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishda biluv topshiriqlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayoni subektlari o‘rtasidagi interaktivlik intensivligi hamda o‘qib anglash, tinglab tushunish va mustaqil fikrlashning ratsional bog‘liqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida biluv topshiriqlaridan foydalanish metodikasi o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan didaktik-jarayonli tashkiliy infratuzilmaga muammoli-mantiqiy, kommunikativ va refleksiv topshiriqlarda integrativlikni joriy etish asosida belgilangan;
boshlang‘ich sinf “O‘qish savodxonligi” darsliklaridagi biluv topshiriqlarining kompetensiyaviy yo‘nalganligi o‘quvchilarning tinglab tushunish, matnni tahlil qilish va mazmunni qayta ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi identiv maqsadlarning taksonomik bosqichlarga mosligini ta’minlash asosida takomillashtirilib, metodik model ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi o‘quvchilarning biluv motivlarining imitatsion va hamkorlikka asoslangan faoliyat bilan proporsional bog‘liqligini ta’minlash hamda tashkiliy-metodik jarayonlarni yaxlit sinxronlashtirish asosida takomillashtirilib, uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishda biluv topshiriqlaridan foydalanish metodikasini nazariy asoslari va ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan ilmiy xulosalar tizimli ravishda umumlashtirildi:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish, matn ustida ishlashning pedagogik asoslari, biluv topshiriqlarining didaktik imkoniyatlari hamda integrativ yondashuvga asoslangan mashg‘ulotlarning mazmuniga doir ma’lumotlar “Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlash metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 18-fevraldagi 4001-raqamli ma’lumotnomasi asosida nashrga ruxsat berilgan). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishga oid nazariy va metodik yondashuvlar takomillashtirilgan hamda pedagoglarning metodik tayyorgarligini oshirishga xizmat qilgan;
Integrativ yondashuv asosida biliuv topshiriqlaridan foydalanish metodikasiga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlash metodikasi” darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 18-fevraldagi 4001-raqamli ma’lumotnomasi asosida nashrga ruxsat berilgan). Natijada, integrativ yondashuv asosida biluv topshiriqlaridan foydalanish metodikasi o‘quvchilarning o‘quv –biliuv faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan didaktik-jarayonli tahkiliy infratuzilmaga muammoli-mantiqiy, kommunikativ va refleksiv topshiriqlarda integrativlikni joriy etish asosida belgilangan.
Boslang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasiga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlash metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 29-iyundagi 11-05-3925/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi o‘quvchilarning biluv motivlarining imitatsion va hamkorlikka asoslangan faoliyat bilan proporsional bog‘liqligini ta’minlash hamda tashkiliy metodik jarayonlarni yaxlit sinxronlashtirish asosida takomillashtirib, uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali asoslanganlilgi natijadorlikni oshirishga xizmat qilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish, biluv topshiriqlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish, integrativ yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining pedagogik imkoniyatlari, tamoyillari, metodlari hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar Andijon davlat pedagogika institutida bajarilgan “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2026-yil 1-iyundagi 01-261-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qib va tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish, biluv topshiriqlaridan samarali foydalanish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.