Jalilova Umida Abdusalimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): ““Filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini “Design Thinking” texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10017.
Ilmiy rahbar: To‘xtaeva Qo‘ysin Davlatovna, filolofiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich hamda filologiya fanlari doktori (DSc), professor Xamidova Muborak Hafizovna.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini “Design Thinking” texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirishda CEFR talablari hamda “Design Thinking” texnologiyasi bosqichlari asosida beshta o‘zaro uzviy: motivatsion-kommunikativ, diskursiv-kompozision, operatsion- ijodiy, lingvistik hamda refleksiv-baholovchi indikatorlar tizimi shakllantirilgan;
filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, “Design Thinking” texnologiyasi tamoyillari asosida ijodiy faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etish, yozuv amaliyotini muammoli vaziyatlar bilan bog‘lash hamda talabalarning mustaqil g‘oya ishlab chiqish, matn yaratish va takomillashtirish faoliyatlarini uzviy integratsiyalashga asoslangan, ijodiy yozuv kompetensiyasini izchil rivojlantirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan lingvodidaktik model ishlab chiqilgan;
filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida “Design Thinking” texnologiyasining har bir bosqichi negizida takomillashtirilgan metodlar, bosqichma-bosqich tashkil etilgan mashq va topshiriqlar tizimi hamda ularni o‘quv jarayoniga integratsiyalashni ta’minlovchi kompleks metodik ta’minot ishlab chiqilgan;
filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini “Design Thinking” texnologiyasi asosida rivojlantirish samaradorligini aniqlash maqsadida ijodiy yozuv kompetensiyasi indikatorlariga asoslangan baholash mezonlari ishlab chiqilgan hamda ushbu metodikaning an’anaviy yozuvni o‘qitish metodikalariga nisbatan yuqori samaradorligi eksperimental-sinov ishlari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz Filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini “Design Thinking” texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar:
filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirishda CEFR talablari hamda “Design Thinking” texnologiyasi bosqichlari asosida beshta o‘zaro uzviy: motivatsion-kommunikativ, diskursiv-kompozision, operatsion- ijodiy, lingvistik hamda refleksiv-baholovchi indikatorlar tizimi shakllantirilgan taklif va xulosalardan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi faoliyatini rivojlantirishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 16-fevraldagi 02/01-01-son 96-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) hamda Ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari fanlarining o‘quv dasturlari va sillabuslari mazmuni filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini “Design Thinking” texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirishga erishilgan;
filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, “Design Thinking” texnologiyasi tamoyillari asosida ijodiy faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etish, yozuv amaliyotini muammoli vaziyatlar bilan bog‘lash hamda talabalarning mustaqil g‘oya ishlab chiqish, matn yaratish va takomillashtirish faoliyatlarini uzviy integratsiyalashga asoslangan, ijodiy yozuv kompetensiyasini izchil rivojlantirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan lingvodidaktik model natijalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR 3181-son “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasida tadqiqotida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 13-fevraldagi 04/1195-son ma’lumotnomasi). Natijada filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini “Design Thinking” texnologiyasi asosida rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va xulosalar loyiha mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida “Design Thinking” texnologiyasining har bir bosqichi negizida takomillashtirilgan metodlar, bosqichma-bosqich tashkil etilgan mashq va topshiriqlar tizimi hamda ularni o‘quv jarayoniga integratsiyalashni ta’minlovchi kompleks metodik ta’minot xulosa va takliflaridan Buxoro davlat universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2018–2022-yillarda amalga oshirilgan OT-F1-002-son “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli loyiha faoliyatida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2026-yil 6-fevraldagi 01-11-05/677-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar to‘plami hamda filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini “Design Thinking” texnologiyasi asosida rivojlantirish samaradorligini aniqlash maqsadida ijodiy yozuv kompetensiyasi indikatorlariga asoslangan baholash mezonlari ishlab chiqilgan hamda ushbu metodikaning an’anaviy yozuvni o‘qitish metodikalariga nisbatan yuqori samaradorligi eksperimental-sinov ishlari orqali asoslangan natijalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 24-noyabrdagi 02/3689-son ma’lumotnomasi). Natijada filolog talabalarning ijodiy yozuv kompetensiyasini “Design Thinking” texnologiyasi asosida rivojlantirish innovatsion va samarali pedagogik yondashuv sifatida o‘z amaliy ahamiyatini loyiha doirasida ham namoyon etgan.