Zaripov Kamol Yashinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sun’iy intellektdan oliy ta’lim ingliz tili darslarida foydalanish metodikasi”, 13.00.02 ‒ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10033.
Ilmiy rahbar: Azimova Nasiba Ergashovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Yo‘ldosheva Dilorom Negmatovna; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti Yusupova Shoxida Batirovna.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish asosida talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va didaktik asoslari lingvodidaktik tajribalarni tizimlashtirish, SI ning adaptiv ta’lim muhitini shakllantirish imkoniyatlari hamda pedagog va sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘zaro funksional hamkorligini konseptual asoslash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan individual ehtiyojlarini hamda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmalarini baholovchi adaptiv mezonlar talabalarning individual ta’lim ehtiyojlari, boshlang‘ich til kompetensiyasi va o‘zlashtirish sur’atlarini diagnostika qilish asosida «AIEnglish.uz» platformasida personallashtirilgan o‘quv traektoriyalarini shakllantirish hamda ta’lim mazmunini dinamik moslashtirish mexanizmlarini belgilash orqali ishlab chiqilgan;
talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan SI, VR/AR va interaktiv-ijodiy topshiriqlar integratsiyasiga asoslangan metodika generativ SI modellari, chatbotlar va immersiv texnologiyalar asosida kommunikativ hamda kasbiy vaziyatlarni modellashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sun’iy intellektning tabiiy tilni qayta ishlash algoritmlari vositasida talabalarning ingliz tilida muloqotga kirishuvini avtomatik va obektiv baholash mezonlari talabalarning ingliz tilidagi og‘zaki va yozma nutqini avtomatik baholash, xatolarni tashxislash, CEFR va IELTS mezonlari asosida monitoring qilish hamda real vaqt rejimida xulosa (real-time feedback) berish mexanizmlarini «AIEnglish.uz» va «Smart English Learner» platformalari modellari doirasida tatbiq etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish asosida talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va didaktik asoslari lingvodidaktik tajribalarni tizimlashtirish, SI ning adaptiv ta’lim muhitini shakllantirish imkoniyatlari hamda pedagog va sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘zaro funksional hamkorligini konseptual asoslashga oid ilmiy tahlillar asosida “Kasbiy pedagogika” nomli darslik mazmuni boyitilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsialar vazirligining 2026-yil 15-iyundagi 5633-336a-2feb-ad55-2562-7960-3157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot mazmunini muayyan darajada boyishiga xizmat qilgan;
talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan individual ehtiyojlarini hamda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmalarini baholovchi adaptiv mezonlar talabalarning individual ta’lim ehtiyojlari, boshlang‘ich til kompetensiyasi va o‘zlashtirish sur’atlarini diagnostika qilish asosida «AIEnglish.uz» platformasida personallashtirilgan o‘quv traektoriyalarini shakllantirish hamda ta’lim mazmunini dinamik moslashtirish mexanizmlari “Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari elektron darsligi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 18.03.2026 y. № DGU 61505 ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Natijada mustaqil va auditoriya ta’limi jarayonida talabalarning o‘z individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘quv muvaffaqiyatini monitoring qilish imkoniyatlari sezilarli darajada oshgan;
talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan SI, VR/AR va interaktiv-ijodiy topshiriqlar integratsiyasiga asoslangan metodika generativ SI modellari, chatbotlar va immersiv texnologiyalar asosida kommunikativ hamda kasbiy vaziyatlarni modellashtirish imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan oliy ta’lim ingliz tili dars jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsialar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish va Global hamkorlik Markazining 2026-yil, 30-iyun 01/01-01-628-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda sun’iy intelektdan foydalanib, til ko‘nikmasini rivojlantirish va o‘z bilimlarini baholashga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada o‘sgan;
sun’iy intellektning tabiiy tilni qayta ishlash algoritmlari vositasida talabalarning ingliz tilida muloqotga kirishuvini avtomatik va obektiv baholash mezonlari talabalarning ingliz tilidagi og‘zaki va yozma nutqini avtomatik baholash, xatolarni tashxislash, CEFR va IELTS mezonlari asosida monitoring qilish hamda real vaqt rejimida xulosa (real-time feedback) berish mexanizmlarini «AIEnglish.uz» va «Smart English Learner» platformalari hamda modellaridan Buxoro davlat texnika universitetida bajarilgan 610170-EPP1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA-sonli “Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarini ishlab chiqish” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat texnika universitetining 2026-yil, 26-apreldagi 01/04-91/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabaning til ko‘nikmasiga egalik darajasini avtomatik ravishda baholash, natijalarini tahlil qilib borishning metodik ta’minoti yaxshilanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish