Jo‘raeva Ma’mura Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili darslarida talabalarning kognitiv faoliyatini raqamli texnologiyalar vositasida faollashtirish metodikasi (biologiya ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10811.
Ilmiy rahbar: Pirmanova Gavhar Nazarkulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12Ped.08.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari nomzodi, professor Hikmatova Muqaddas Nurullaevna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Samieva Shaxnoz Xikmatovna.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida raqamli texnologiyalar vositasida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining kognitiv faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili darslarida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari kognitiv faoliyatini faollashtirishning didaktik imkoniyatlari kognitiv paradigma talablariga muvofiq biologik materiallarni refleksiya va kognitiv strategiyalari asosida deduktiv va induktiv fikrlash, qiyosiy tahlil, aqliy faoliyat usullarini interpritatsiya qilish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida ingliz tili mashg‘ulotlarida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari kognitiv faoliyatini faollashtirish modelining metodik komponenti raqamli ta’lim muhitida immersiv, bulutli texnologiyalardan foydalanish, kognitiv vizuallashtirish metodlariga ustuvorlik berish hamda onlayn ta’lim platformasida bulutli texnologiyalar integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili mashg‘ulotlarida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari kognitiv faoliyatini faollashtirishning metodik ta’minoti bilan bog‘liq vebga yo‘naltirilgan onlayn didaktik o‘quv resurslari va onlayn ta’lim platformasi orqali talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini adaptiv-refleksiv texnologiyaga muvofiq intensivlashtirish imkoniyatlari asoslangan;
ingliz tili darslarida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari kognitiv faoliyatini raqamli texnologiyalar vositasida faollashtirish samaradorligi adaptiv-refleksiv texnologiya asosida diagnostikalash, onlayn baholash komponenti orqali takomillashtirish metodikasi tajriba-sinovdan o‘tkazilgan va mazkur metodikani oliy ta’lim jarayoniga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida talabalar kognitiv faoliyatini raqamli texnologiyalar vositasida faollashtirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ingliz tili darslarida talabalar kognitiv faoliyatini raqamli texnologiyalar vositasida faollashtirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tili darslarida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari kognitiv faoliyatini faollashtirishning didaktik imkoniyatlari kognitiv paradigma talablariga muvofiq biologik materiallarni refleksiya va kognitiv strategiyalari asosida deduktiv va induktiv fikrlash, qiyosiy tahlil, aqliy faoliyat usullarini interpritatsiya qilish asosida aniqlashtirilgan metodik natija va xulosalaridan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan RZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-sentabrdagi № 01/4-4613-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning talabalarning kognitiv faoliyatini raqamli ta’lim resurslari vositasida faollashtirish va ingliz tili savodxonligi rivojlanganligini interaktiv nazorat qilishning diagnostik imkoniyatlari ta’minlashga qaratilgan qismi to‘ldirilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida ingliz tili mashg‘ulotlarida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari kognitiv faoliyatini faollashtirish modelining metodik komponenti raqamli ta’lim muhitida immersiv, bulutli texnologiyalardan foydalanish, kognitiv vizuallashtirish metodlariga ustuvorlik berish hamda onlayn ta’lim platformasida bulutli texnologiyalar integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan tavsiyalar “English for students of the faculty of Biology” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga asoslangan №637712 raqamli guvohnoma). Natijada biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan mazkur o‘quv qo‘llanma ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan. O‘quv qo‘llanmaga kiritilgan mavzu doirasidagi autentik matnlar, ijodiy topshiriqlar, interaktiv mashqlar tizimi talabalarning kognitiv faoliyatini raqamli texnologiyalar muhitida integrativ rivojlantirish bilan bog‘liq bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz tili mashg‘ulotlarida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari kognitiv faoliyatini faollashtirishning metodik ta’minoti bilan bog‘liq vebga yo‘naltirilgan onlayn didaktik o‘quv resurslari va onlayn ta’lim platformasi orqali talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini adaptiv-refleksiv texnologiyaga muvofiq intensivlashtirish imkoniyatlari asoslangan metodik tavsiya va ko‘rsatmalar “English for students of the faculty of Biology” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 22-sentabrdagi 02/01-01-364-son ma’lumotnomasi). Natijada biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tili mashg‘ulotlarini olib borish metodikasi yangi, mavzular mohiyatini to‘ldiruvchi, shuningdek, talabalarning kognitiv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan metodlar va texnologiyalarni o‘quv mashg‘ulotlariga tizimli joriy etishga mo‘ljallangan materiallar bilan boyitilgan;
ingliz tili darslarida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari kognitiv faoliyatini raqamli texnologiyalar vositasida faollashtirish samaradorligi adaptiv-refleksiv texnologiya asosida diagnostikalash, onlayn baholash komponenti orqali takomillashtirish metodikasi tajriba-sinovdan o‘tkazilgan va mazkur metodikani oliy ta’lim jarayoniga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar “English for students of the faculty of Biology students of the faculty of Biology” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 8-oktabragi 22-01-747/22-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tili darslarida raqamli ta’lim muhitida kognitiv faoliyatini faollashtirishning resurli ta’minoti mustahkamlangan.