Mirzaev Abdullajon Topilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston hududlarida turistik – rekreatsiya ob’ektlaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt798.
Ilmiy rahbar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Navro‘z-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimiz hududlarida turistik-rekreatsiya ob’ektlaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududning turistik-rekreatsion salohiyatini baholashning integral ko‘rsatkichini hisoblashda uning tarkibiga tabiiy dam olish, ijtimoiy tarixiy va infratuzilma resurslarining qiymatini kiritish asosida takomillashtirilgan;
turistik-rekreatsion ob’ektlarini rivojlantirishga investisiyalar kiritish jarayonini samarali tashkil etishda davlat maqsadli dasturlari, mahalliy boshqaruv organlari va tadbirkorlar tomonidan ajratiladigan kapital qo‘yilmalarning optimal tarkibi asoslangan;
hududlarda rekreatsion xizmatlar ko‘rsatish klasterini shakllantirishda davlat-xususiy sherikchilik shaklidan foydalanishni samarali tashkil etish tartibi asoslangan;
rekreatsiya spektrida joylashgan hududlarni alohida zonalarga ajratgan holda sohani davlat tomonidan fiskal, monetar hamda tashkiliy-iqtisodiy dastaklar yordamida rivojlantirish asosida Farg‘ona, Toshkent, Namangan, Andijon hududiy megazonalari negizida mintaqaviy rekreatsion mezozonani tashkil etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston hududlarida turistik-rekreatsiya ob’ektlaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turistik-rekreatsion salohiyatini baholashning integral ko‘rsatkichini hisoblash uning tarkibiga tabiiy dam olish, ijtimoiy tarixiy va infratuzilma resurslarining qiymatini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga qo‘llash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 17 iyundagi 05-22/4565-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning turistik-rekreatsion salohiyatini integral ko‘rsatkichlar asosida baholash tizimi kengaytirilgan va hisob-kitoblarning aniqlik darajasi ortgan;
turistik-rekreatsion ob’ektlarini rivojlantirishga investisiyalar kiritish jarayonini samarali tashkil etishda davlat maqsadli dasturlari, mahalliy boshqaruv organlari va tadbirkorlar tomonidan ajratiladigan kapital qo‘yilmalarning optimal tarkibi asoslangan ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 17 iyundagi 05-22/4565-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda investisiyalar manbalarini faoliyatga jalb etish nisbatlari maqbul holatga keltirilgan;
hududlarda rekreatsion xizmatlar ko‘rsatish klasterini shakllantirishda davlat-xususiy sherikchilik shaklidan foydalanishni samarali tashkil etish tartibi asoslanishi bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 17 iyundagi 05-22/4565-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida rekreatsiya spektrida joylashgan hududlarda rekreatsion xizmatlar klasterlarini shakllantirish tashkiliy jihatdan optimal holatga keltirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
rekreatsiya spektrida joylashgan hududlarni alohida zonalarga ajratgan holda sohani davlat tomonidan fiskal, monetar hamda tashkiliy-iqtisodiy dastaklar yordamida rivojlantirish asosida Farg‘ona, Toshkent, Namangan, Andijon hududiy megazonalari negizida mintaqaviy rekreatsion mezozonani tashkil etish bo‘yicha ilmiy tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 17 iyundagi 05-22/4565-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy etilishi natijasida alohida zonalarning investision jozibadorligi ortishi hisobiga hududlarga jalb etilayotgan investisiyalar hajmi ortishi belgilangan.